Tojikiston MO davlatlari orasida energetik o‘tish indeksi bo‘yicha yetakchiga aylandi
Ushbu indeks energiya tizimining samaradorligini va uning barqaror modelga o‘tishga tayyorligini baholaydi. O‘zbekiston reytingga kiritilmadi.
Tojikiston Jahon Iqtisodiy Forumi (WEF) tomonidan har yili e’lon qilinadigan energetik o‘tish indeksida Markaziy Osiyo davlatlari orasida birinchi o‘rinni egalladi. Mamlakat 53,6 ball bilan 120 ishtirokchi orasida 71-o‘rinni egalladi.
Bu ko‘rsatkich Tojikistonga qo‘shni Qozog‘iston (98-o‘rin, 50,1 ball) va Qirg‘izistondan (80-o‘rin, 52,7 ball) o‘zib ketish imkonini berdi. O‘zbekiston va Turkmaniston reytingga kiritilmadi.
Energetik o‘tish indeksi (Energy Transition Index, ETI) butun dunyo mamlakatlari energiya tizimlarini ikki asosiy mezonga asoslangan kompleks baholashdir: energiya tizimining samaradorligi (60% vazn) va barqaror modelga o‘tishga tayyorligi (40% vazn). Umumiy ballga ta’sir etuvchi omillarga energiya narxi hamyonbopligi, barqarorlik, innovatsiyalar darajasi, infratuzilma holati, shuningdek, sohadagi siyosatni qo‘llab-quvvatlash va investitsiya faolligi kiradi.
Jahon reytingida an’anaviy tarzda Shimoliy Yevropa mamlakatlari yetakchilik qilmoqda: Shvetsiya 78,4 ball bilan birinchi o‘rinni egallagan bo‘lsa, Daniya (75,2 ball) ikkinchi va Finlyandiya (74,5 ball) uchinchi o‘rinni egalladi. Jahon o‘rtacha ko‘rsatkichi 56,5 ballni tashkil etdi, bu Tojikiston natijalaridan bir oz yuqoriroq.
2024 yilda MDH va Kaspiybo‘yi davlatlari orasida yetakchi Ozarboyjon bo‘ldi, u 60,3 ball bilan 38-o‘rinni egalladi.
Mavzuga oid
17:12 / 16.01.2025
AQSh Markaziy Osiyo davlatlariga nisbatan Jyekson-Venik tuzatishini bekor qilishi mumkin
07:51 / 15.01.2025
O‘zbekiston prezidenti BAA bilan yirik energetika loyihalarini amalga oshirishni muhokama qildi
12:42 / 12.01.2025
Uchta viloyatda energiya resurslariga noqonuniy ulanish holatlari fosh etildi
13:02 / 06.01.2025