Yaponiya va Xitoy vizasini olish uchun murojaat qilayotgan rossiyaliklar soni bir necha baravarga oshdi
2024 yilda Yaponiyada rossiyaliklarga viza 2,7 baravar ko‘proq rasmiylashtirilgan. Mamlakat viza uchun ariza berish tartibini ham soddalashtirgan.
2024 yilda rossiyaliklarning Osiyo davlatlariga viza olish borasidagi so‘rovlari undan oldingi yilga nisbatan bir necha baravarga oshdi. Bu haqda biznes turizm operatorlarining hisob-kitoblariga tayanib, «Kommersant» xabar berdi.
Qayd etilishicha, Yaponiyada rossiyaliklarga viza 2,7 baravar ko‘proq rasmiylashtirilgan. Shuningdek, Xitoy vizasini olish uchun ham murojaatlar soni ortgan. Turli ma’lumotlarga ko‘ra, Xitoy vizasini so‘rab murojaat qilgan rossiyaliklar soni 1,4-2 baravarga oshgan.
Trivio sayyohlik xizmati ijrochi direktori Tatyana Lenshina o‘tgan yili Yaponiya viza uchun ariza berish tartibini soddalashtirganini ma’lum qildi: endi mehmonxona band qilinib, unga pul to‘langan bo‘lishi majburiy emas. Uning so‘zlariga ko‘ra, Xitoy vizasini rasmiylashtirish ham tez va qiyinchiliklarsiz amalga oshmoqda.
MTC Travel’ning qayd etishicha, Vetnam, Mavrikiy va Marokashga ham viza rasmiylashtirishlar soni oshgan. «Aeroklub» operatori esa Saudiya Arabistoni, Hindiston va Afrika davlatlariga safarlar uchun so‘rov ikki baravardan ortiqqa ko‘payganini ta’kidlagan.
Shu bilan birga, turoperatorlarning ta’kidlashicha, Shengen va AQSh vizalari uchun talab kamaygan. Continent Express operatori ma’lumotlariga ko‘ra, Shengen vizasi uchun talab 20 foizga oshgan, «Aeroklub» operatori esa aksincha 8 foizga kamayganini ma’lum qildi.
Mavzuga oid
01:35
Rossiya sudi Googleʼni 8 mlrd rubl jarimaga tortdi
21:57 / 14.01.2025
General Kirillovga suiqasd ishi bo‘yicha yangi ayblanuvchilar paydo bo‘ldi
21:41 / 14.01.2025
AZAL samolyoti qora qutilari halokat haqida tarqalgan ba’zi ma’lumotlarni tasdiqlamaydi - Sergey Lavrov
21:20 / 14.01.2025