Jamiyat | 07:43
2033
1 daqiqa o‘qiladi

11,5 gektar yerni 32 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Yer talon-toroji bilan bog‘liq jinoyat fosh etildi, deb xabar berdi Bosh prokuratura matbuot xizmati.

Foto: Bosh prokuratura

Fuqaro K.X.ning murojaatiga asosan tezkor tadbir o‘tkazildi. Fuqaro M.A. va S.S.lar Xatirchi tumani “Madaniyat” mahallasi hududida joylashgan “Ya.D.” fermer xo‘jaligiga 49 yil muddatga ijaraga huquqi asosida ajratilgan 33 gektar sug‘oriladigan ekin yer maydonining 11,5 gektar qismini 32 ming dollarga sotishga kelishgan. 

Ular kelishilgan puldan 24 ming dollar va 102,8 mln so‘m olayotgan vaqtda ushlangan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi (firibgarlik juda ko‘p miqdorda) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Mavzuga oid