Iqtisodiyot | 08:43
3328
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda 200 ming so‘m nominaldagi banknotlar ulushi oshdi

O‘zbekistonda muomaladagi 200 ming so‘m nominaldagi banknotlar ulushi 18,6 foizdan 23,4 foizgacha o‘sdi, 100 ming so‘mlik kupyuralar ulushi esa 40,9 foizgacha kamaydi. 

Foto: Kun.uz / Muhammadjon G‘aniyev

Markaziy bank 2024 yilda qo‘shimcha naqd pul chiqardi va muomaladagi banknotlar sonini 152 million donaga oshirdi.

Shu bilan birga, 2025 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra, nominal qiymati bo‘yicha naqd pullar tarkibida o‘zgarishlar yuz berdi:

  • 200 ming so‘m nominaldagi banknotlar ulushi 18,6 foizdan 23,4 foizgacha oshdi; 
  • 20 ming so‘m nominaldagi banknotlar ulushi — 4,4 foizdan 6,7 foizgacha;
  • 100 ming so‘m nominaldagi banknotlar ulushi 42,5 foizdan 40,9 foizgacha kamaydi;
  • 50 ming so‘m nominaldagi banknotlar ulushi — 20,5 foizdan 16,6 foizgacha;
  • 10 ming so‘m nominaldagi banknotlar ulushi — 7,3 foizdan 7 foizgacha;
  • 5000 so‘m nominaldagi banknotlar ulushi — 5,3 foizdan 4,1 foizgacha;
  • 2000 so‘m nominaldagi banknotlar ulushi 0,6 foizdan 0,7 foizgacha oshdi;
  • 1000 so‘m nominaldagi banknotlar ulushi 0,7 foizdan 0,6 foizgacha kamaydi.

Markaziy bank eski namunadagi banknotlarni bosqichma-bosqich muomaladan chiqarish, ularni yangi namunadagi kupyuralarga almashtirishni davom ettirmoqda. Natijada naqd pul tarkibida eski banknotlarning ulushi sezilarli darajada kamaydi.

Mavzuga oid