Jahon | 07:16 / 21.01.2025
25603
6 daqiqa o‘qiladi

«Amerikaning oltin asri hozirning o‘zidayoq boshlanadi». Trampning inauguratsiyasi qanday o‘tdi?

Marosimga Ilon Mask, Jyeff Bezos, Mark Tsukerberg kelishdi va oldingi qatorda turishdi. Xorijiy davlatlar rahbarlaridan faqat ikki kishi qatnashdi.

20 yanvar kuni Donald Tramp AQShning 47-prezidenti lavozimini rasman egalladi. U bilan birga vitse-prezident Jyey Di Vens ham qasamyod qildi.

Donald Tramp Kapitoliy rotondasidagi inauguratsiyasiga kelmoqda, 2025 yil 20 yanvar
Kenny Holston / Getty Images

Tramp AQSh Oliy sudi raisi Jon Robers qarshisida qasamyod qildi. Bu vaqtda uning yonida rafiqasi Melaniya Injil tutib turdi.

Shundan keyin Tramp inauguratsiya nutqini so‘zladi va tez orada qator «tarixiy hujjatlar» imzolashini bildirdi.

Xususan, avvalgi hukumatni tanqid qildi, inflatsiyani yengishga, «so‘z erkinligi va qonunni qaytarish»ga, «tinchlikparvar va birlashtiruvchi meros» qoldirishga, faqat ikki: erkak va ayol jinsini mustahkamlashga va’da berdi.

Oq uy veb saytining yangilangan bosh sahifasida Trampning surati va «Amerika qaytmoqda» yozuvi, shuningdek, bayonot paydo bo‘ldi: «Men har kuni tanamdagi har bir nafas bilan siz uchun kurashaman. Toki farzandlarimiz va siz munosib bo‘lgan kuchli, xavfsiz va farovon Amerika qurmagunimizcha tinchlanmayman. Bu haqiqatan ham Amerikaning oltin asri bo‘ladi».

O‘ngdan chapga: SpaceX asoschisi Ilon Mask, Google rahbari Sundar Pichai, Amazon asoschisi Jyeff Bezos rafiqasi, jurnalist Loren Sanches bilan, shuningdek Meta rahbari Mark Tsukerberg rafiqasi Prissilla Chan bilan Trampning inauguratsiyasida. Ular oldingi qatorda turishdi, ularning ortida esa yangi ma’muriyat a’zolari
Shawn Thew / Getty Images
AQShning sobiq prezidenti Barak Obama Trampning inauguratsiyasida. Obama 2009 yildan 2017 yilgacha prezidentlik lavozimini egallagan
Shawn Thew / Getty Images
Ikki sobiq prezident — Bill Klinton (chapda) rafiqasi, sobiq davlat kotibi Hillari Klinton va kichik Jorj Bush (o‘ngda) Trampning inauguratsiyasida
Shawn Thew / Getty Images
Tramp lavozimini tark etgan AQSh prezidenti Jo Bayden bilan
Kenny Holston / The New York Times / AFP / Scanpix / LETA
Jo Baydenning rafiqasi Jill, Kamala Harrisning turmush o‘rtog‘i Dag Emhoff, AQShning 42-prezidenti Bill Klinton, uning rafiqasi hamda Trampning 2016 yilgi saylovlardagi raqibi Hillari Klinton va AQShning 43-prezidenti kichik Jorj Bush
Kichik Jorj Bush, uning rafiqasi Lora Bush, AQShning 48-vitse-prezidenti (Trampning oldingi ma’muriyatida ishlagan) Mayk Pens hamda AQShning 44-prezidenti Barak Obama
Trampning oila a’zolari: ikkinchi o‘g‘li Erik Tramp, kuyovi Jared Kushner, qizi Ivanka Tramp va katta o‘g‘li kichik Donald Tramp
Tramp binoga kirib kelgach, rafiqasidan bo‘sa olishga urindi, ammo shlyapa xalaqit qildi
Trampning kichik o‘g‘li, 18 yoshli Berron Tramp onasi Melaniya Tramp bilan
Kichik Robert Kennedi, u sog‘liqni saqlash vaziri lavozimini egallab, «xronik kasalliklar epidemiyasiga chek qo‘yib, Amerikani yana buyuk va sog‘lom qilishi» kerak
Marosimga Shou Tszi Chyu ham taklif etilgan — u xitoyliklarning shu kunlarda avvaliga AQShdagi faoliyatini to‘xtatgan va bir kun o‘tib tiklagan TikTok ijtimoiy tarmog‘i bosh direktori
Argentina prezidenti Haviyer Miley va Italiya bosh vaziri Jorjia Meloni — marosimga kelgan atigi ikki xorijiy davlat rahbari
Marosim mehmonlari orasida Buyuk Britaniyaning sobiq bosh vaziri Boris Jonson ham bor edi
Vitse-prezident Jyey Di Vens hamda Donald Tramp qasamyod matnini yodlashmoqda
Donald Tramp Oliy sud raisi Jon Robers qarshisida qasamyod qilmoqda. Prezident uchun Injilni Trampning rafiqasi — Melaniya tutib turibdi
Saul Loeb / Getty Images
Tramp rafiqasi Melaniya va farzandlari: o‘g‘li Berron (chapda) va Erik (chapdan ikkinchi) hamda qizi Tiffani (o‘ngda)
Shawn Thew / Getty Images
Tramp qasamyoddan keyin Jon Robersning qo‘lini siqib qo‘ymoqda
Capital One Arena sport zaliga inauguratsiyani tomosha qilish uchun yig‘ilgan odamlar
Christopher Furlong / Getty Images / AFP / Scanpix / LETA
Tramp Kapitoliy rotondasidagi inauguratsiya marosimida nutq so‘zlamoqda
Kevin Lamarque / Getty Images
Vermont shtatidan saylangan senator, so‘lchi siyosatchi Berni Sanders ensasi qotgancha Trampning so‘zlarini tinglamoqda
Jo Bayden va Kamala Harris Trampning nutqi vaqtida
Detroytlik pastor Lorenso Syuellning yorqin chiqishi
Capital One Arena maydonidagi inauguratsiyani kuzatayotgan tomoshabinlar
Victor J. Blue / Bloomberg / Getty Images
Vashingtonda Trampning inauguratsiyasini tomosha qilayotgan odamlar
Kayla Bartkowski / Getty Images
Trampning inauguratsiya marosimiga kelgan mehmonlar uning Kapitoliy rotondasidagi nutqini tinglamoqda
Jasper Colt / Getty Images
Donald va Melaniya Tramp Jo va Jill Bayden bilan xayrlashmoqda
Jo Bayden rafiqasi bilan Vashingtondan uchib ketgan vertolyot

Mavzuga oid

E`lonlar

Golden House  biznes-klassdagi O‘z Makon II turar joy majmuasi taqdimotiga taklif etadi

O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi va Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti o‘rtasida hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yildi

Tenge Bank Visa bilan hamkorlikda bir qator innovatsion to‘lov xizmatlarini ishga tushirmoqda

O‘zbekiston Milliy banki dam olish kunlarida ham siz uchun xizmat ko‘rsatadi

Fermerlar va dehqonlar uchun qulay imkoniyat – “O‘zkimyosanoat” AJ mineral o‘g‘itlarga 10 foizgacha chegirma narxlarini taklif etmoqda 

Toshkent Kimyo xalqaro universiteti va Pukyong milliy universiteti o‘rtasidagi ilmiy va madaniy hamkorlik rivojlanmoqda

Golden House  biznes-klassdagi O‘z Makon II turar joy majmuasi taqdimotiga taklif etadi

O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi va Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti o‘rtasida hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yildi

Tenge Bank Visa bilan hamkorlikda bir qator innovatsion to‘lov xizmatlarini ishga tushirmoqda

O‘zbekiston Milliy banki dam olish kunlarida ham siz uchun xizmat ko‘rsatadi

Fermerlar va dehqonlar uchun qulay imkoniyat – “O‘zkimyosanoat” AJ mineral o‘g‘itlarga 10 foizgacha chegirma narxlarini taklif etmoqda 

Toshkent Kimyo xalqaro universiteti va Pukyong milliy universiteti o‘rtasidagi ilmiy va madaniy hamkorlik rivojlanmoqda

Golden House  biznes-klassdagi O‘z Makon II turar joy majmuasi taqdimotiga taklif etadi

O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi va Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti o‘rtasida hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yildi