Samsung 2025 yilda ilk uchbuklamafonlarni sotuvga chiqaradi
Kompaniya bunday smartfonlarni yiliga 200 ming dona ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda.

Foto: 9to5Google
Samsung kompaniyasi birinchi uchbuklamafonlarini (ikki tarafdan bukiladigan smartfon) 2025 yilning uchinchi choragida bozorga chiqarishi kutilmoqda. Bu haqda manbalar va Janubiy Koreyaning The Elec nashriga tayanib 9to5Google sayti xabar berdi.
Ushbu qurilmaning ekrani oddiy buklama smartfonlarga qaraganda kattaroq bo‘ladi, chunki unga ikkinchi sharnir qo‘shiladi. Ekran to‘liq ochilgan holatda 9,9 dyuymdan 10 dyuymgacha keladi, bu Galaxy Z Fold 6ʼning 7,6 dyuymli displeyidan sezilarli darajada katta.
Qurilma 2025 yilning uchinchi choragida, Samsung’ning boshqa yig‘ma debyutantlari — Galaxy Z Flip 7, Galaxy Z Fold 7 va Galaxy Z Flip FE bilan bir vaqtda chiqarilishi kutilmoqda.
The Elec xabariga ko‘ra, Samsung Electronics kompaniyasining uchbuklamafoni (Tri Fold) yiliga 200 ming dona ishlab chiqarishga mo‘ljallangan. Bundan kelib chiqilsa, kompaniya qurilmaning foydalanuvchilar orasida ommalashishini kutmayapti.
Tri Fold Samsung Display tomonidan ishlab chiqarilgan va 2022 yildagi CES’da (Xalqaro innovatsion iste’mol texnologiyalari ko‘rgazmasi) namoyish etilgan Flex G’ga o‘xshab ketadi. Uning ekrani uch qismga bo‘lingan bo‘lib, chap va o‘ng displeylarni markazga qarab bukish mumkin. Tri Fold uchun qismlarini ommaviy ishlab chiqarish yilning ikkinchi choragida boshlanadi.
Mavzuga oid

15:15 / 19.02.2025
Olimlar hayvonlarning hissiyotlarini aniqlaydigan sun’iy intellekt yaratdi

18:14 / 17.02.2025
Telefonga qaramlik: texnologiyalar bizni qanday tobe qilmoqda?

15:00 / 15.02.2025
Xitoylik olimlar “umrboqiylik” guruchini yaratdi

20:04 / 14.02.2025