O‘zbekistonda smart GTP: gaz taqsimlashda samaradorlik va xavfsizlikning yangi bosqichi
Gaz taqsimlash uskunalarining vazifasi – aholi va sanoat obektlariga xavfsiz va uzluksiz gaz yetkazib berish, bosimni boshqarishdan iborat. Ammo eskirgan gaz taqsimlash uskunalarida bosimni nazorat qilishdagi kamchiliklar, xavfsizlik darajasining yuqoriligi, qimmat texnik xizmat xarajatlari, past energiya tejamkorlik va masofadan boshqarish imkoniyatining yo‘qligi ko‘pincha jiddiy muammolarga sabab bo‘lib, gaz ta’minotida uzilishlar va xavfli vaziyatlarga olib kelishi mumkin.
Shu kungacha gaz taqsimlash punktlarida (GTP) gaz bosimini boshqarish asosan qo‘lda amalga oshirilgan. Misol uchun, agar havo harorati birdan pasaysa, aholi o‘z xonadonlarida gaz iste’molini keskin oshiradi. Bu esa mahallaga kirib kelayotgan gaz bosimini pasaytiradi. Yoki harorat ko‘tarilganda bosim oshib ketadi. Shunday holatlarda mas’ul xodimlar GTPga borib, bosimni barqarorlashtirish ishlari bilan shug‘ullanishadi. Bu jarayonlar ham vaqtni oladi, ham gaz ta’minotida uzilishlar va hatto avariya holatlariga olib kelishi ham mumkin.
Shu sababli GTPlarda avtomatlashtirilgan boshqaruv va monitoring tizimlarini joriy etish allaqachon dolzarb masalaga aylangan.
Avtomatlashtirilgan tizim qanday afzalliklarga ega?
• To‘liq nazorat: Gaz taqsimlash jarayonidagi barcha parametrlar – bosim, harorat, gaz oqimi – sun’iy intellekt tomonidan nazorat qilinadi. Tizim gaz iste’molidagi o‘zgarishlarni real vaqtda kuzatib, favqulodda holatlarning oldini oladi.
• Avtomatik xavfsizlik: Agar tizimda nosozlik yoki xavf yuzaga kelsa, avtomatik himoya klapanlari ishga tushadi va tizim xavfsizlik rejimiga o‘tadi.
• Uzluksiz monitoring: Gaz bosimi, harorati va boshqa parametrlar doimiy kuzatilib, barcha ma’lumotlar markaziy bazaga uzatiladi. Agar me’yordan chetga chiqish, o‘g‘rilik yoki notekis bosim holatlari aniqlansa, tizim avtomatik choralar ko‘radi yoki dispetcherlarga xabar beradi.
• Onlayn boshqaruv: Operatorlar masofadan turib tizimni nazorat qila oladi, bu esa tezkor javob berish imkoniyatini oshiradi.
2022 yil 22 oktyabr kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida davlat rahbari tabiiy gaz ta’minoti tizimini qazib chiqarishdan tortib iste’molchiga yetkazib berishgacha bo‘lgan barcha bosqichlarni to‘liq raqamlashtirish bo‘yicha topshiriq bergan edi. Bu esa mamlakatimizda gaz ta’minoti tizimini modernizatsiya qilish ustuvor vazifalardan biriga aylanganini anglatadi. Mazkur topshiriq ijrosi doirasida “Hududgazta’minot” AJ tomonidan gaz taqsimlash punktlariga avtomatik boshqaruv tizimlarini joriy etish ishlari olib borilmoqda.
“Toshkent shahri Yashnobod tumanida ana shunday gaz taqsimlash nuqtasi o‘rnatilgan. Mazkur qurilmamiz yuqori bosimli gaz taqsimlash nuqtasi sanaladi. Bunda to‘liq o‘zimizdagi mavjud eski GTPlarni rekonstruksiya qilib, mahalliy kuchlardan foydalangan holatda dasturlash yordamida masofadan turib boshqarish yo‘lga qo‘yildi. Eski usuldagi GTPlarida texnologik yo‘qotishlar judayam yuqori bo‘lgan. Hozirgi zamonaviy holatida esa bu yo‘qotishlar kamaygan. Bundan tashqari mazkur jarayonni ishga tushirganimizdan keyin gaz taqsimlash nuqtalariga kimdir tashqi ta’sir o‘tkazadigan bo‘lsa, signal beriladi. Tabiiy gaz bosimi tushib ketadigan holat yuz bersa, sun’iy intellekt buni boshqarib turadi”, - deydi “Hududgazta’minot” AJ tabiiy gaz ta’minoti obektlaridan samarali foydalanish boshqarmasi boshlig‘i Abror Yo‘ldoshev.
Avtomatlashtirilgan tizim nafaqat gaz ta’minotining ishonchliligini oshiradi, balki tabiiy gazni xonadonlarga va ishlab chiqarish obektlariga kerakli miqdor va bosimda barqaror yetkazib berishga xizmat qiladi. Zamonaviy gaz taqsimlash tizimi — bu nafaqat samaradorlik, balki xavfsizlikning ham kafolati.
Reklama huquqi asosida
Tavsiya etamiz
O‘zbekistonda kitob o‘qigan mahkumning jazo muddati qisqartirilishi mumkin
O‘zbekiston | 18:19 / 13.02.2025
Bloomberg Rossiya - Ukraina urushi tugashining ehtimoliy uchta ssenariysini tuzdi
Jahon | 16:41 / 13.02.2025
Tramp va Mask demontaji: USAID o‘rnini Xitoy egallamoqda
Jahon | 16:35 / 13.02.2025
Ka’ba atrofida rasmga tushish taqiqlandimi?
Jamiyat | 14:35 / 13.02.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Hindistondagi vokzalda tiqilinch yuz berdi. Kamida 18 kishi halok bo‘ldi
Jahon | 16:16
-
Farg‘onada tarkibida giyohvand modda bo‘lgan dori vositalarini sotayotgan shaxs ushlandi
O‘zbekiston | 16:14
-
Maskni qo‘llagan Japarov, qimmatlagan ajrim va qotil bog‘cha tarbiyachisi – Markaziy Osiyo hafta ichida
Jahon | 15:59
-
Turkiyaga shartli kirish tartibi bekor qilindi
Jahon | 15:53
Mavzuga oid
![](https://storage.kun.uz/source/thumbnails/_medium/11/B71S5oRG7vHks1ILhgN3iWXRu6OQ4ptq_medium.jpg)
09:20 / 29.01.2025
“Hududgazta’minot” raisiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
![](https://storage.kun.uz/source/thumbnails/_medium/10/YisJlgP33vz_4eauVVIvYtzQwBjjfm9J_medium.jpg)
16:50 / 21.12.2024
«Hududgazta’minot» gaz hisoblagichlar batareyalari bilan bog‘liq muammolarga izoh berdi
![](https://storage.kun.uz/source/thumbnails/_medium/10/VgTM98iM3-e1A1I0YBPuJRMLQDbZqSTE_medium.jpg)
16:36 / 20.12.2024
Qarshida bir oilaning to‘rt a’zosi is gazidan zaharlangan - ekspertiza
![](https://storage.kun.uz/source/thumbnails/_medium/10/b2FgaNPEr9_CaKqgMkp9RH0seEsPfZTt_medium.jpg)
17:32 / 19.12.2024