28 yanvar yangiliklari: O‘zbekistonda ro‘y bergan muhim voqea va hodisalar
Chegaralarda ishga tushuvchi yangi servis, turkiy davlatlarning qo‘shma sun’iy yo‘ldoshi, «Yashil tadbirkor» unvoni va Yevropaga Rossiyani chetlab o‘tayotgan parvozlar — o‘tgan kun davomida Kun.uz’da yoritilgan dolzarb va muhim O‘zbekiston yangiliklari bilan tanishtiramiz.
Chegaralarda ishga tushiriladigan yangi tizim va servis
2025 yil 1 iyundan boshlab, O‘zbekiston chegara o‘tkazish punktlarida avtotransport vositalari uchun elektron navbat tizimi joriy etiladi. Bu chora chegaralardagi navbatlarni qisqartirish va yuk tashish jarayonini samaraliroq qilishga qaratilgan.
Shuningdek, yo‘lbo‘yi servis (Service area va Service point) obektlari tashkil etilishi rejalashtirilgan. Bu hududlarda haydovchilar va yo‘lovchilar uchun qulaylik yaratiladi.
Prezident qarori bilan 2030 yilgacha transport-logistika tizimini rivojlantirish konsepsiyasi tasdiqlandi. Asosiy maqsadlardan biri – xalqaro yuk tashish hajmini ikki baravarga oshirish va Jahon bankining Logistika samaradorligi indeksida O‘zbekistonning o‘rnini yaxshilashdir.
Shuningdek, xalqaro avtomobil transporti sohasida kadrlar tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha mintaqaviy o‘quv markazi ochiladi.
Turkiy davlatlarning qo‘shma sun’iy yo‘ldoshi
O‘zbekiston Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo mamlakatlar bilan birgalikda 2026 yilda sun’iy yo‘ldosh uchirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda «O‘zbekkosmos» agentligi ma’lum qildi.
Loyiha doirasida O‘zbekiston sun’iy yo‘ldoshning texnologik qismini ishlab chiqishda faol ishtirok etmoqda. Ilmiy maqsadlarga mo‘ljallangan sun’iy yo‘ldosh 2026 yilning o‘rtalarida ishga tushirilishi kutilmoqda.
Shuningdek, O‘zbekistonda sun’iy yo‘ldosh ma’lumotlarini qayta ishlash bozori shakllanib, 1 million kvadrat kilometrgacha maydonni qamrab olmoqda. Bu kosmik monitoring infratuzilmasini rivojlantirishdagi muhim qadamdir.
Qolaversa, «O‘zbekkosmos» Yaponiyaning Kyusyu texnologiya instituti bilan hamkorlikda 2025 yilda mahalliy jamoalarning sun’iy yo‘ldosh yaratish bo‘yicha ishini boshlashni rejalashtirgan.
«Yashil tadbirkor» maqomi joriy etilmoqda
2025 yilda «yashil iqtisodiyot»ni rivojlantirish maqsadida ekologik tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash choralari kuchaytiriladi. Prezident Shavkat Mirziyoyev 27 yanvarda bu boradagi davlat dasturi yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi.
Yangi qoidalarga ko‘ra, daraxt ekish va ishlab chiqarishda ekologik toza uskunalardan foydalanganlarga «yashil tadbirkor» maqomi beriladi. Ushbu maqom sohibi bo‘lgan tadbirkorlarga tashqi bozorlarga chiqishda yordam ko‘rsatiladi va «yashil sertifikat» taqdim etiladi.
Bu yil 3,5 GW quyosh va shamol stansiyalari ishga tushirilishi rejalashtirilgan. Shuningdek, maktablar, bog‘chalar va shifoxonalarda issiqlik nasoslari joriy qilinishi ommalashtiriladi. Daraxt ekish loyihalari ham davom ettirilib, har yili 200 million tup daraxt ekilishi mo‘ljallangan.
Energiya tejamkor texnologiyalar joriy qilinib, yalpi ichki mahsulotni 125 mlrd dollarga oshirish va iqtisodiy o‘sishni ta’minlash rejalashtirilgan.
O‘zbekiston sayohat uchun eng yaxshi manzillardan biri
Britaniyaning BBC global media-portali 2025 yilda sayohat qilish uchun eng yaxshi 25 ta manzillar ro‘yxatiga O‘zbekistonni kiritdi. Ro‘yxatda, shuningdek, AQSh, Kanada, Yaponiya, Italiya, Avstraliya va Marokash kabi davlatlar ham bor.
BBC ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekiston o‘zining noyob an’analarini saqlagan holda, turizmni rivojlantirish uchun jiddiy qadamlar tashlamoqda. Mamlakatda yangi mehmonxonalar, zamonaviy temiryo‘llar va havo yo‘nalishlariga sarmoya kiritilayotgani ta’kidlangan. Bu esa sayyohlar oqimini yanada oshirishga yordam bermoqda.
Ro‘yxatda O‘zbekistonda o‘tkaziladigan xalqaro Buxoro biyennalesiga alohida urg‘u berilgan. 2025 yil 5 sentabrdan 20 noyabrgacha o‘tkaziladigan mazkur tadbir sayyohlar uchun muhim madaniy voqea bo‘lishi kutilmoqda.
Yevropaga Rossiya va Belarusni chetlab parvoz
2025 yil 20 yanvardan Uzbekistan Airways Yevropa davlatlariga parvozlarda Rossiya va Belarus havo hududlarini aylanib o‘tishni boshladi. Aviakompaniya bu qarorni «Yevropa aviatsiya xavfsizligi agentligi tavsiyasi» va «ehtiyot chorasi» deb atadi.
Kompaniya ma’lumotiga ko‘ra, parvozlar endilikda janubroqdan – Turkmaniston, Ozarboyjon, Gurjiston va Turkiya orqali amalga oshiriladi. Masalan, Toshkent-Myunxen yo‘nalishi masofasi 4849 kmdan 5156 kmgacha oshgan, bu esa reysni 30-40 daqiqaga uzaytiradi. Shunga qaramay, yo‘lovchilar uchun bilet tariflari oshirilmagan.
Kompaniya bu qarorning Azerbaijan Airlines samolyotining dekabr oyida Qozog‘iston yaqinidagi aviahalokati bilan bog‘liq emasligini ta’kidladi.
Mazkur o‘zgarish aviakompaniya uchun qo‘shimcha xarajatlarga sabab bo‘lsa-da, yo‘lovchilar uchun xavfsizlikni ta’minlash va xalqaro aviatsiya tavsiyasiga rioya qilishga qaratilgan.
Tavsiya etamiz
O‘zbekistonda kitob o‘qigan mahkumning jazo muddati qisqartirilishi mumkin
O‘zbekiston | 18:19 / 13.02.2025
Bloomberg Rossiya - Ukraina urushi tugashining ehtimoliy uchta ssenariysini tuzdi
Jahon | 16:41 / 13.02.2025
Tramp va Mask demontaji: USAID o‘rnini Xitoy egallamoqda
Jahon | 16:35 / 13.02.2025
Ka’ba atrofida rasmga tushish taqiqlandimi?
Jamiyat | 14:35 / 13.02.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Hindistondagi vokzalda tiqilinch yuz berdi. Kamida 18 kishi halok bo‘ldi
Jahon | 16:16
-
Farg‘onada tarkibida giyohvand modda bo‘lgan dori vositalarini sotayotgan shaxs ushlandi
O‘zbekiston | 16:14
-
Maskni qo‘llagan Japarov, qimmatlagan ajrim va qotil bog‘cha tarbiyachisi – Markaziy Osiyo hafta ichida
Jahon | 15:59
-
Turkiyaga shartli kirish tartibi bekor qilindi
Jahon | 15:53
Mavzuga oid
![](https://storage.kun.uz/source/thumbnails/_medium/11/eXSHZzyiXXPijJW2o-xSS8TNLycHhU-__medium.jpg)
21:03 / 14.02.2025
14 fevral yangiliklari: O‘zbekistonda ro‘y bergan muhim voqea va hodisalar
![](https://storage.kun.uz/source/thumbnails/_medium/11/1Jr2BRT4IVD6LjErzSgQN8aFaHiQjkhr_medium.jpg)
20:49 / 13.02.2025
13 fevral yangiliklari: O‘zbekistonda ro‘y bergan muhim voqea va hodisalar
![](https://storage.kun.uz/source/thumbnails/_medium/11/49e18yK10syH8EY9ag_8-g4sJUQTRYbl_medium.jpg)
20:58 / 12.02.2025
12 fevral yangiliklari: O‘zbekistonda ro‘y bergan muhim voqea va hodisalar
![](https://storage.kun.uz/source/thumbnails/_medium/11/w5ZEbdYt0g8B_cMK3AfTT2HWxYFTKZSY_medium.jpg)
20:30 / 11.02.2025