O‘zbekiston | 17:16 / 28.01.2025
7378
5 daqiqa o‘qiladi

Jahon banki «Qambarota-1» GESi uchun hozircha 18,6 mln dollar ajratdi

Qirg‘iziston qo‘shnilari O‘zbekiston va Qozog‘iston bilan birgalikda «Qambarota-1» GESini qurmoqchi. Undan foydalanishda huquqlar teng bo‘ladi, eksportidan keladigan foyda ham bo‘linadi. Hozircha faqat Jahon banki moliyalashda faol, texnik ishlar uchun Qirg‘izistonga 18,6 mln dollar ajratgan. Tok Afg‘onistonga ham sotiladi.

O‘zbekiston «Qambarota-1» GESi qurilishidan manfaatdor. Shuning uchun ham Respublika energetika inshooti bunyod bo‘lishi uchun har qanday yordamga tayyorligini aytmoqda. O‘zbekiston energetika vaziriga ko‘ra, mintaqaviy loyiha Markaziy Osiyo uchun katta manfaat olib keladi, energetik xavfsizlikni mustahkamlaydi. Hozircha loyihani moliyalashda faqat Jahon banki faollik ko‘rsatmoqda. Lekin Qirg‘iziston energetika vaziri sekin-asta moliyalashga qiziquvchilar ko‘payotganini gapirdi. O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov ham o‘tgan yili bahorda bu GESning muhimligini aytib, xalqaro moliya tashkilotlarini yordamga chaqirgandi.

«Qambarota-1» GESi qurilishi – “asr loyihasi”. Toshkentdagi uchrashuv Vena, Bryussel va Vashingtondagilarning davomi. Maqsadimiz loyihani tezlashtirish, zarur xalqaro qo‘llab-quvvatlovni jalb etish, deydi Qirg‘iziston energetika vaziri Taalaybek Ibrayev.

Uch davlat GES qurilishini moliyalash uchun Jahon bankiga murojaat bilan chiqqan. Moliya tashkilotining Yevropa va Markaziy Osiyo uchun infratuzilma bo‘yicha mintaqaviy direktori Karl Kormiyerning ochiqlashicha, loyiha uchun hozircha Qirg‘izistonga 18,6 million dollar ajratildi.

Loyihaning muvaffaqiyatli yakunlanishiga ishonamiz. Mintaqada energiyaga ehtiyoj ortib bormoqda, elektr tanqisligi va energetik muammolar kuzatilyapti. Gidroelektr stansiyasi suv tanqis bo‘lgan bu uch davlatga suv resurslarini to‘g‘ri boshqarish imkonini beradi. Uch davlat Jahon bankidan moliyalashni so‘radi, bizda ular so‘ragan mablag‘ bor. Boshqa xalqaro moliya tashkilotlari ham qiziqish bildirayotganini aytishdi, demak bu tomondan muammo bo‘lmaydi. O‘zbekiston va Qirg‘izistonga yordam sifatida, Qozog‘istonga esa iqtisodiyoti rivojlangan davlat bo‘lgani uchun pulni kredit sifatida beramiz”, – dedi Karl Kormiyer Jahon bankining Yevropa va Markaziy Osiyo uchun infratuzilma bo‘yicha mintaqaviy direktori.

Qirg‘iz Respublikasiga zarur texnik yordam ko‘rsatish vaqti kelganini tushundik va 18,6 mln dollar ajratdik. Hisob-kitoblar, atrof-muhit va ijtimoiy ta’sirlarni baholash, xarajatlarni aniqlash va huquqiy tuzilmani ko‘rib chiqish ishlari allaqachon boshlangan. Bugun keyingi qadamlarimizni aniqlash uchun ko‘rishdik. Boshqaruv qo‘mitasi, muddatlar hammasini tasdiqlashimiz kerak. Uch Respublika mablag‘ni shu yildayoq berishimizni so‘rashdi, buning uchun direktorlar kengashi 2025 yildayoq moliyaviy mablag‘ni taqdim etishga qaror qilishi kerak, shunday bo‘ladi deb eshitdim, deya qo‘shimcha qiladi Kormiyer.

1800 megavatt quvvatga ega loyiha butun mintaqaning energetik ehtiyoji va muammolarini hal qilolmaydi. Lekin «Qambarota» toza elektr energiyasi bilan qisman ta’minlaydi, deydi Qozog‘iston energetika vaziri o‘rinbosari Sungat Esimxanov.

“Asosiy generatsiyamiz shimolda joylashgan, bu loyiha janubimizni elektr bilan ta’minlash uchun kerak. Kelajakda atom energetikasi muhim va maqbul bo‘lishini kutyapmiz. Uch davlat teng huquqqa ega bo‘ladi, 100 foiz ulush 33 foizdan Qozog‘iston va O‘zbekistonga, 34 foiz esa Qirg‘izistonga berilmoqda. Biz elektrni Afg‘onistonga ham sotamiz, kelgan mablag‘ni esa bo‘lib olamiz. Ya’ni, Qambarota GESining eksport salohiyati ham bo‘ladi”, – deydi Sungat Esimxanov - Qozog‘iston energetika vaziri o‘rinbosari.

Davlatlar loyihani to‘liq moliyalash uchun boshqa xalqaro tashkilotlarga ham murojaat qilmoqchi.

Shohrux Majidzoda tayyorladi.

Mavzuga oid

E`lonlar

Golden House  biznes-klassdagi O‘z Makon II turar joy majmuasi taqdimotiga taklif etadi

O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi va Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti o‘rtasida hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yildi

Tenge Bank Visa bilan hamkorlikda bir qator innovatsion to‘lov xizmatlarini ishga tushirmoqda

O‘zbekiston Milliy banki dam olish kunlarida ham siz uchun xizmat ko‘rsatadi

Fermerlar va dehqonlar uchun qulay imkoniyat – “O‘zkimyosanoat” AJ mineral o‘g‘itlarga 10 foizgacha chegirma narxlarini taklif etmoqda 

Toshkent Kimyo xalqaro universiteti va Pukyong milliy universiteti o‘rtasidagi ilmiy va madaniy hamkorlik rivojlanmoqda