Jahon | 08:30 / 29.01.2025
8637
3 daqiqa o‘qiladi

Rossiya delegatsiyasi Asad hokimiyatdan ag‘darilganidan keyin ilk bor Suriyaga keldi

Rossiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari va Rossiya Federatsiyasi prezidentining maxsus vakili Damashqqa yetib keldi. Bu Rossiya rasmiylarining Bashar Asad hokimiyatdan ag‘darilganidan keyin Suriyaga ilk tashrifidir.

Foto: AP / Omar Sanadiki

Rossiyaning rasmiy delegatsiyasi Suriyaga yetib keldi - uning samolyoti 28 yanvar, seshanba kuni Damashqqa qo‘ndi. Rossiya Federatsiyasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Mixail Bogdanov va Rossiya prezidentining Suriya bo‘yicha maxsus vakili Aleksandr Lavrentev mamlakatga keldi. Bu Bashar Asad hokimiyatdan ag‘darilganidan keyin Rossiya rasmiylarining ilk rasmiy tashrifidir. Ularning safar maqsadi aniqlashtirilmagan.

Suriyaning sobiq prezidenti «Hay’at Tahrir ash-Shom» (Hsh) guruhi va uning qurolli ittifoqchilarining tez olg‘a siljishidan so‘ng hokimiyatni yo‘qotdi. Bir hafta ichida, noyabr oyining oxiridan 7 dekabrga qadar jangarilar Suriya shimolidan Damashq tomon yo‘l oldi. Qo‘shinlar va xavfsizlik kuchlari ularga deyarli qarshilik ko‘rsatmadi. Bashar Asad mamlakatni tark etib, Rossiyadan boshpana oldi.

Rossiya bazalarining taqdiri

Suriyaning yangi hukumati O‘rta Yer dengizi sohilida joylashgan Xmeymim va Tartusdagi Rossiya harbiy bazalari bo‘yicha Moskva bilan muzokaralar olib bormoqda, dedi Suriya o‘tish davri hukumati mudofaa vaziri Murhaf Abu Kasra. Asad davrida tomonlar bu bazalarda 49 yil muddatga rus qo‘shinlarini joylashtirish bo‘yicha kelishuvga erishdilar.

Hsh yetakchisi Ahmad al-Shara Suriya Rossiya qo‘shinlarini olib chiqib ketishni istamasligini aytdi. Reuters manbalariga tayanib yozishicha, Moskva ham Suriyadagi bazalarini tark etish niyatida emas. Ularning taqdiri «muloqot orqali hal qilinadi», dedi Kreml. Rossiya prezidenti Vladimir Putin ushbu bazalardan Suriyaga gumanitar yordam yetkazish uchun foydalanish taklifi haqida gapirdi. 21 yanvar kuni Damashq Rossiyaning «Stroytransgaz» kompaniyasi bilan Tartus portini boshqarish bo‘yicha kelishuvni bekor qildi.

«RIA Novosti» axborot agentligining manbaga tayanib xabar berishicha, Rossiya rasmiylari Suriyaning qurolli muxolifati vakillari bilan aloqada, ularning yetakchilari SAR hududidagi harbiy bazalar va diplomatik muassasalar xavfsizligini kafolatlagan.

Mavzuga oid

E`lonlar

Golden House  biznes-klassdagi O‘z Makon II turar joy majmuasi taqdimotiga taklif etadi

O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi va Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti o‘rtasida hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yildi

Tenge Bank Visa bilan hamkorlikda bir qator innovatsion to‘lov xizmatlarini ishga tushirmoqda

O‘zbekiston Milliy banki dam olish kunlarida ham siz uchun xizmat ko‘rsatadi

Fermerlar va dehqonlar uchun qulay imkoniyat – “O‘zkimyosanoat” AJ mineral o‘g‘itlarga 10 foizgacha chegirma narxlarini taklif etmoqda 

Toshkent Kimyo xalqaro universiteti va Pukyong milliy universiteti o‘rtasidagi ilmiy va madaniy hamkorlik rivojlanmoqda