Jahon | 15:17 / 29.01.2025
1732
3 daqiqa o‘qiladi

Shols: Kabellar uzilishi - Rossiyaning «soyadagi floti» tahdidi belgisi

Germaniya kanslerining aytishicha, Boltiq dengizidagi kabelning shikastlanishi Rossiyaning «soyadagi floti» tahdididan dalolat beradi. Olaf Shols mudofaa xarajatlarini oshirishga chaqirdi.

Foto: Maja Hitij/Getty Images

Germaniya kansleri Olaf Shols Boltiq dengizidagi suvosti kabellariga zarar yetkazilishidan xavotir bildirdi. «Boltiq dengizidagi suvosti kabeliga yetkazilgan so‘nggi zarar Rossiyaning «soyadagi floti» tahdidini ko‘rsatmoqda», dedi u Daniya bosh vaziri Mette Frederiksen bilan 28 yanvar, seshanba kuni Berlinda bo‘lib o‘tgan qo‘shma matbuot anjumanida. O‘tgan hafta oxirida Shvetsiya va Latviya o‘rtasidagi kabel jiddiy shikastlangandi.

Matbuot anjumanida Shols NATOning Baltic Sentry operatsiyasi Boltiq dengizi va dengiz tubidagi muhim infratuzilmani himoya qilish choralarini kuchaytirishini aytdi. «NATO bizning umumiy xavfsizligimizning kafolati bo‘lib qoladi», deb ta’kidladi federal kansler. Uning ta’kidlashicha, NATOning ko‘plab davlatlari so‘nggi yillarda mudofaa xarajatlarini sezilarli darajada oshirgan. "Biz NATOning Yevropadagi ustunini mustahkamlash va mudofaa xarajatlarini oshirish zarurligida hamfikrmiz", dedi u.

Yevropa mudofaasini kuchaytirishga chaqiriq

Daniya bosh vaziri Mette Frederiksen Sholsni qo‘llab-quvvatlab, Yevropa o‘z xavfsizligini ta’minlash uchun ko‘proq harakat qilishi kerakligini aytdi. «Bizga o‘zini va manfaatlarini himoya qilishga qodir kuchliroq, qat’iyroq Yevropa kerak», dedi u. Frederiksen, shuningdek, Yevropa mudofaa sanoatini rivojlantirish uchun ko‘proq mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga chaqirdi.

«Bizga Yevropa Ittifoqida birgalikda qurol ishlab chiqish va xarid qilish imkonini beradigan qoidalar kerak», — dedi Olaf Shols.

AQShning yangi prezidenti Donald Tramp avvalroq Yevropa ittifoqdoshlarini mudofaa xarajatlari yetarli emasligi uchun tanqid qilgan va Yevropa davlatlari harbiy xarajatlarini oshirmasa, AQShning NATO oldidagi majburiyatlarini qayta ko‘rib chiqish bilan tahdid qilgandi. U NATO davlatlaridan yalpi ichki mahsulotining kamida 5 foizini mudofaa uchun sarflashni talab qildi, hozirgi minimal miqdor esa 2 foiz.

Mavzuga oid

E`lonlar

Golden House  biznes-klassdagi O‘z Makon II turar joy majmuasi taqdimotiga taklif etadi

O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi va Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti o‘rtasida hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yildi

Tenge Bank Visa bilan hamkorlikda bir qator innovatsion to‘lov xizmatlarini ishga tushirmoqda

O‘zbekiston Milliy banki dam olish kunlarida ham siz uchun xizmat ko‘rsatadi

Fermerlar va dehqonlar uchun qulay imkoniyat – “O‘zkimyosanoat” AJ mineral o‘g‘itlarga 10 foizgacha chegirma narxlarini taklif etmoqda 

Toshkent Kimyo xalqaro universiteti va Pukyong milliy universiteti o‘rtasidagi ilmiy va madaniy hamkorlik rivojlanmoqda