Iqtisodiyot | 15:52 / 22.03.2016
1948
1 daqiqa o‘qiladi
Belgiyadagi teraktlardan keyin neft narxi va valyutalar kursida pasayish kuzatildi
22 mart, seshanba kuni Bryusseldagi ketma-ket portlashlar haqidagi xabarlar fonida jahon bozoridagi neft narxi pasaya boshladi.
Toshkent vaqti bilan soat 14:12 holatiga ko‘ra, Brent markasidagi neftning may oyidagi fyucherslari 0,14 foizga — barreliga 41,48 dollargacha tushib ketdi. WTI markasidagi neftning may fyucherslari esa 0,10 foizga arzonlashib, u ham bir barrel uchun 41,48 dollarni tashkil etdi.
Shuningdek, bu teraktlar tufayli Rossiyada yevro va dollar kursi qulay boshladi. Rossiya Markaziy banki tomonidan o‘rnatilgan kurslar seshanba kuni pasaygan. Ayni vaqtda 1 yevro kursi 1,32 rublga pasayib, 76,14 rublga tushgan. 1 dollar esa 1,03 rublga pasayib, 67,7764 rublni tashkil qilmoqda.