Jahon | 18:07 / 22.03.2016
1741
2 daqiqa o‘qiladi

Bryusseldagi teraktga aloqadorlikda gumon qilinib, 3 nafar belaruslik qo‘lga olindi

Bryussel politsiyasi shaharda amalga oshirilgan teraktlardan keyin shahar va atrof hududlarida maxsus tekshiruvlar olib bordi.

Sputnik agentligi xabariga ko‘ra, tekshiruvlar vaqtida teraktlarga aloqadorligi gumon qilinib, Belarusning 3 nafar fuqarosi qo‘lga olingan.

Qayd etilishicha, Belarus maxsus xizmatlari belgiyalik hamkasblari bilan doimiy aloqada bo‘lib turibdi.

Belarus huquqni muhofaza qilish organlaridagi yuqori martabali amaldorning so‘zlariga ko‘ra, qo‘lga olinganlar bir necha yil muqaddam mamlakatdan chiqib ketgandi va ularni o‘sha yerda yollashgan bo‘lishi mumkin.

"Qo‘lga olinganlarning ikkisi, Ivan va Aleksey Dovbashi Gomel viloyatida tug‘ilgan. Yana biri esa kelib chiqishiga ko‘ra dog‘istonlik Marat Yunusov. Unga bir necha yil oldin Belarus fuqaroligi berilgandi", deydi manba.

Uning aytishicha, aka-uka Dovbashilarning kattasi 28 yoshda bo‘lib, u 2008 yilda Belgiyaga tahsil olish maqsadida yo‘l olgandi. Biroz o‘tgach, u ukasini chaqirib olgan. Ularning ota-onasi hozirda ham Gomelda istiqomat qilishadi.

Manbaning aniqlik kiritishicha, dog‘istonlik Marat Yunusovda Belgiya pasporti ham bor.

Yevropa markazida terakt. Belgiya fojiasi. Onlayn