Jamiyat | 18:31 / 02.01.2016
7663
2 daqiqa o‘qiladi

FOX studiyasi “Maxfiy hujjatlar” serialining yangi mavsumi suratga olinishi haqida film chiqardi

FOX studiyasi “Maxfiy hujjatlar” (“Sekretnyye materialy”) serialining yangi mavsumining suratga olinishi haqida 20 daqiqalik film chiqardi. Bu filmda bosh qahramonlar duch keladigan sinovlar haqida so‘zlangan, deb xabar bermoqda segodnya.ua sayti.

Yangi mavsumning 6 ta seriyasidan har birida yangi voqea haqida so‘zlanadi, biroq barcha seriyalar bir yaxlit syujyet bilan bog‘lanadi. Serialda aktyorlar Devid Duxovni, Jillian Anderson, Mitch Pilleji va Uilyam Devisdan tashqari, boshqa seriallarda suratga tushgan aktyorlar ham ishtirok etishgan, misol uchun, bular Joel Makxeyl ("Hamjamiyat"), Annet Maxendru ("Amerikaliklar") va Kumeyl Nanjiani ("Kremniy vodiysi").

Promo-filmda, shuningdek, dekoratsiyalar, vizual effektlar, grimning yaratilishi jarayonlarini ko‘rish, afsonaviy serialning ekranlarga qaytishi haqida aktyorlar va rejissyor Kris Karterning fikrlarini eshitish mumkin.

1990-yillarda ommabop bo‘lgan serialning ekranlarga qaytishi eng kutilayotgan televoqealardan biri bo‘lmoqda. Serialga o‘ziga xos aktyorlar tarkibi jalb qilingan, uning ssenariynavisi va rejissyori sifatida avvalgi mavsumlar muallifi Kris Karter bo‘lmoqda.

“Maxfiy hujjatlar” seriali ilk bor 1993 yil 10 sentabrda efirga uzatilgan va 9 yil davom etib, 2002 yil 19 mayda yakunlangan. Avvalroq Fox telekanali o‘zining YouTube’dagi kanalida serialning yangi 10-mavsumining tizerini chop etgandi. Bu 15 soniyali tizerda teletomoshabinlarga tanish bo‘lgan FQB agentlari Foks Malder (Devid Duxovni) va Jina Skalli (Jillian Anderson) noma'lum jonzotni ovlashadi. Serialning yangi qismining “Maxfiy hujjatlar: qayta yuklash” deb nomlangan 1-seriyasi namoyishi 2016 yil 24 yanvarga belgilangan.