Sport | 21:58 / 08.01.2016
8915
1 daqiqa o‘qiladi

Ronaldu o‘g‘li bilan jarima zarbalari borasida bellashdi

Ijtimoiy tarmoqda Krishtianu Ronaldu o‘z o‘g‘li bilan jarima zarbalarini mashq qilgan video paydo bo‘ldi.

U bo‘sh vaqtlarida o‘g‘li Krishtiano Junior bilan futbol o‘ynashni yoqtirishini tan olgan.

Hujumchi ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga o‘g‘li bilan kichik darvoza tomon zarba berayotgani tasvirlangan lavhani qo‘ygan va tagso‘z o‘rnida: "O‘g‘ling bilan futbol o‘ynashdan boshqa yana qanday maroqli narsa bor?" deya yozib qo‘ygan.