Fan-texnika | 18:01 / 08.01.2016
5188
1 daqiqa o‘qiladi

Seulda Snuber avtonom taksisi ishga tushdi

Seul Milliy universiteti avtonom taksini ishga tushirdi. Hozircha mazkur mashina oliygohning 4 ming kvadrat metrlik hududida harakatlanib, imkoniyati cheklangan talabalarni o‘quv binolariga tashish bilan shug‘ullanmoqda. Taksi Snuber nomini oldi.

Avtomobil tom qismiga yo‘ldagi vaziyatni o‘rganadigan kameralar, obektlarni aniqlaydigan lazer texnologiyasi va datchiklar jamlanmasi o‘rnatilgan. Ayni paytda Snuber sinov tartibida ishlamoqda. Shuning uchun uning rulida haydovchi vaziyatni nazorat qilmoqda.

Universitetning tadqiqot markazi direktori Seo Seun-Vuning ta'kidlashicha, Snuber umumiy foydalanish yo‘llarida harakatlanishga tayyor emas. Biroq 2020 yilda avtonom transport vositalari avtomagistrallarda harakatni boshlashi mumkin, 15 yildan keyin ular odatiy holga aylanadi.