Jahon | 12:25 / 18.01.2016
9531
1 daqiqa o‘qiladi

Abu Dabidagi avtohalokatda 96 mashina zarar ko‘rdi

Abu Dabi shahrining al-Ayn yo‘lida sodir bo‘lgan to‘rtta alohida hodisadan iborat ulkan avtohalokatga 96 mashina zarar ko‘rdi. Mahalliy matbuotda xabar qilinishicha, 23 kishi jarohat olgan.

Aytilishicha, ertalab shahar quyuq tuman bilan qoplangan va trassa yaxshi ko‘rinmay qolgan, bu bir qancha YTHlarni keltirib chiqargan.

Yo‘l politsiyasi rahbariyati vakili Xalifa Muhammad al-Haliliyning ma'lumotiga qaraganda, voqea joyiga yetib kelgan guruh darhol xavfsizlik choralarini kuchaytirgan va mashinalar oqimini boshqa marshrutlarga yo‘naltirish cholaririn ko‘rgan.