Sport | 10:41 / 18.01.2016
5038
1 daqiqa o‘qiladi

Jozep Bartomeu: Penalti to‘g‘ri qo‘yildi. Lekin darvozabonga qizil kartochka berish shart emasdi

Kataloniyaning «Barselona» klubi prezidenti Jozep Bartomeu Ispaniya chempionatining 20-turidan o‘rin olgan «Atletik»ka qarshi o‘yinda (6:0) raqib darvozaboni Gorki Iraysosning 4-daqiqadayoq chetlatilishiga munosabat bildirib o‘tdi.

«Erta ko‘rsatilgan qizil kartochka o‘yinga o‘z ta'sirini o‘tkazdi. Menimcha penalti belgilashning o‘zi kifoya edi. Qizil kartochka kerak emasdi. Futboldagi bu qoidani o‘zgartirish kerak», – deya ta'kidladi Bartomeu.

Eslatib o‘tamiz, 34 yoshli darvozabon hujumchi Luis Suaresni jarima maydoni ichida to‘xtatib qolgan va bosh hakam Mateu Laos tomonidan maydondan chetlatilgandi. Lionel Messi esa penaltidan unumli foydalanib hisobni ochgandi.