Jamiyat | 17:23 / 19.01.2016
8682
2 daqiqa o‘qiladi

Xonanda Kamillaning klipi ELLO kanalidagi eng yaxshi kliplar beshtaligiga kirdi

Yosh xonanda Kamillaning “Illyuziya” deb nomlangan ko‘shig‘iga ishlangan klip Youtubedagi mashxur ELLO kanali tomonidan tuzilagan xaftaning eng ommabop 10ta klipi xit-paradi ichida 5-o‘rinni egalladi.

Xonanda ijodidagi ilk klip, Youtubeda xit darajasiga ko‘tarilib, o‘zining ommabopligi bilan mashxur rossiyalik Polina Gagarina, Anastasiya Zadorojnaya, VIA Graning sobiq ishtirokchisi Tatyana Kotova kabi estrada yulduzlari tomonidan taqdim etilgan kliplarini ortda qoldirdi.

Kamillaning qo‘shig‘i ELLO kanalida 2015 – yilning 27- dekabr kuni paydo bo‘lgan edi. Shu kungacha klipni 150 mingdan ortiq youtubefoydalanuvchilari tomosha qilgan.

Shuningdek, “Illyuziya” taronasi uchun ishlangan klip Estoniyaning ETV+ telekanali oraqali ham uzatilgani ma'lum bo‘ldi. U Estoniyada mashxur, “Kofe+” deb nomlangan ko‘rsatuv davomida taqdim etilgan. Shuni ta'kidlash joizki, “Kofe+” ko‘rsatuvi 2015-yilning sentabrida ilk bor efirga uzatilagan va bir xafta ichida ushbu ko‘rsatuv 67 000 tomoshabinga ega bo‘lishga ulgurgan.

Klipni Tasiks tizimida ko‘rish uchun havola