Jahon | 08:53 / 26.03.2016
2015
1 daqiqa o‘qiladi

Bagama orollarida samolyot shassisi ochilmagani oqibatida qo‘nish polosasiga avariyaviy qo‘ndi

Bagama orollaridagi Nassau aeroportida JetBlue aviakompaniyasining Embraer ERJ-190 samolyoti avariyaviy qo‘nishni amalga oshirdi. Samolyot ekipaj qo‘nish vaqtida shassini ocholmagani sababli uchish-qo‘nish polosasiga tagi bilan urilib qo‘ndi. Bu haqda BNO News xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, samolyotda 95 nafar yo‘lovchi va ekipajning 4 a'zosi bo‘lgan.

Voqea joyiga yetib kelgan o‘t o‘chiruvchilar samolyotning old qismida chiqqan yong‘inning avj olishiga yo‘l qo‘yishmadi.

JetBlue aviakompaniyasi vakili Tamara Yang noxush voqea oqibatida hech kim jabrlanmaganini ma'lum qildi.