Jahon | 08:34 / 29.03.2016
1691
1 daqiqa o‘qiladi

Video: Chevrolet Corvette’ning poyga vaqtida tormozi ishlamay qoldi

Chevrolet Corvette’ning poyga vaqtida tormozi ishlamay qoldi. Bu hodisa Mobil 1 12 Hours of Sebring poygasi vaqtida AQShning Sebring shahridagi Sebring International Raceway trassasida yuz berdi. Tormoz keskin burilish oldidan ishlamay qoldi.

Haydovchi esankiramay, trassadan tashqariga chiqib ketdi. U yo‘lda uchragan pikap bilan to‘qnashuvdan qochib, mashinani shahar yo‘liga burib yubordi va asta-sekinlik bilan to‘xtashga muvaffaq bo‘ldi.