Hindistonda sigirning o‘limida ayblangan 4 kishi olomon tomonidan do‘pposlandi
Hindistonda oxirgi vaqtlarda sigirlarni himoya qiluvchi radikal guruhning bezoriliklari ko‘payib bormoqda. Gujarot shtatida bir guruh radikallar to‘rt nafar erkak kishini yechintirib, tayoq bilan kaltaklashdi. Kaltaklanuvchilar sigirning o‘limida ayblangandi. Bu haqda Hindiston telekanallariga asoslanib, The Washington Post xabar bermoqda.
Mazkur radikal guruh mahalliy hukumat binosi oldida norozilik namoyishi o‘tkazdi va ulardan biri pol tozalash uchun ishlatiladigan suyuqlikni ichib, o‘lib qoldi. Buni hukumatning sigirlar qirilib ketayotganiga e'tiborsiz bo‘layotgani uchun isyon deb ma'lum qilishdi.
Bunday harakatlar oxirgi vaqtlarda Hindistonda ko‘p uchramoqda. Yaqinda hindistonlik musulmon kishini go‘sht savdosida ayblab, ko‘pchilikning oldida namoyishkorona xo‘rlashgan edi. Hozircha hukumat mahalliy radikal sigir-himoyachilariga qarshi biror chora ko‘rgani yo‘q.
Mavzuga oid
14:25 / 28.09.2024
O‘zbekiston va Hindiston ikki tomonlama investitsiya shartnomasi imzoladi
23:11 / 27.09.2024
Hindistonda 50 dan ortiq dori-darmonlar sifatida muammo aniqlandi
15:07 / 27.09.2024
Festival fojiaga aylandi: Hindistonda 46 kishi cho‘kib ketdi, ularning aksariyati bolalar
22:19 / 24.09.2024