Italiya. Higuain «Yuventus»ga g‘alaba keltirdi
Italiya A Seriyasining yangi mavsumi ham start oldi. Turning yana bir uchrashuvi “Yuventus” hamda “Fiorentina” bahsi poyoniga yetdi.
Ushbu o‘yinda turinliklar 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. Sami Xedira 37-daqiqada “Yuventus”ni hisobda oldinga olib chiqdi. Keyinchalik Kalinich muvozanatni tikladi.
Biroz o‘tib esa Gonsalo Higuain katta sahnaga chiqdi. U “Yuventus” safida chempionatdagi ilk o‘yinida gol kiritdi va jamoasiga g‘alaba keltirdi.
“Yuventus” – “Fiorentina” – 2:1
Gollar: 1:0 – 37 Xedira, 1:1 – 70 Kalinich, 2:1 – 75 Higuain.
“Yuventus” – Buffon, Bardzali, Kellini, Aleks Sandro, Bonuchchi, Asamoa,Lemina, Xedira, Dani Alves, Mandjukich (Higuain, 66), Dibala (Evra, 85).
“Fiorentina” – Teterushanu, Rodriges, Alonso, Tomovich, Astori, Ilichich(Rossi, 80), Badel (Sanches, 65), Keza (Telo, 46), Vesino, Bernardeski,Kalinich.
Ogohlantirishlar: Kalinich (39), Vesino (44), Bardzali (54)
Mavzuga oid
23:26 / 24.09.2024
Italiyadagi ko‘rgazmada 57 yoshli erkak xitoylik haykaltaroshning san’at asarini sindirdi
11:10 / 21.09.2024
O‘zbekiston va Italiya qishloq xo‘jaligida ilg‘or texnologiyalarni joriy etadi
10:20 / 19.09.2024
Italiyada O‘zbekiston to‘qimachilik mahsulotlari savdo uyi ochildi
11:20 / 09.09.2024