Filippin TIV: Mamlakat BMT tarkibidan chiqishni rejalashtirmayapti
Filippin tashqi ishlar vaziri Perfekto Yasayning bayonotiga ko‘ra, rasmiy Manila mamlakat prezidenti Rodrigo Dutertening so‘zlariga qaramay, BMTdan chiqish niyatida emas.
Bundan avvalroq, prezident Duterte Filippindagi giyohvand moddalar savdogarlariga qarshi kurash chog‘ida politsiya tomonidan ko‘plab qotilliklar sodir etilayotgani tanqid qilinganiga javoban, Filippin BMTdan chiqishi mumkinligini aytgan edi. Siyosatchi shuningdek, BMTni o‘z vazifasini bajarmayotganlikda ayblagandi.
"Biz, garchi xalqaro tashkilotning tanqidiga uchragan bo‘lsak-da, BMTga sodiqmiz", — degan Yasay matbuot anjumanida. Uning aytishicha, Dutertening so‘zlarini "chuqur afsus va xafalik" ma'nosida qabul qilish lozim.
Filippin prezidenti Rodrigo Duterte giyohvandlar va shu kabi moddalar savdosi bilan shug‘ullanuvchilarga qarshi keng qamrovli kurash tarafdori bo‘lib, uning lavozimiga kirishganidan beri o‘tgan 2 oy davomida 900ga yaqin gumondor o‘ldirilgan.
Mavzuga oid
17:30 / 29.09.2024
“Ikki standartlilik bo‘lmasligi kerak” – O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri BMTda nutq so‘zladi
15:00 / 28.09.2024
BMT bosh qarorgohida O‘zbekiston raisligida yuqori darajadagi muhokamalar bo‘lib o‘tdi
21:08 / 27.09.2024
«Biz ketmaymiz» - Mahmud Abbos BMT minbaridan Isroilning harakatlarini qoraladi
22:50 / 26.09.2024