Frants-Iosif yeri "Russkaya Arktika" milliy parki hisobiga o‘tib ketdi
"Russkaya Arktika" milliy parki hududi Frants-Iosif yeri oroli va unga mansub suv havzasining qo‘shilishi hisobiga 74, million gektarga kengaydi. Bu haqda Rossiya Tabiat vazirligi xabar bermoqda.
"Rossiya tabiat vazirligi tomonidan tayyorlangan mazkur qonun loyihasi RF hukumati raisi Dmitriy Medvedev tomonidan imzolandi. Park hududining kengayishi hududi 1,6 million gektar bo‘lgan Frants-Iosif yeri va 12 dengiz miliga cho‘zilgan ichki suv havzalari hisobiga kengaydi", – deyiladi xabarda.
Vazirlik rahbari Sergey Donskoyning ma'lum qilishicha, "Russkaya Arktika" milliy parki Rossiyada eng katta qo‘riqlanuvchi hududga aylandi. Parkning hozirgi jami maydoni 8,8 million gektarni tashkil etmoqda.
Mavzuga oid
00:16
Norvegiya hukumati Rossiya bilan chegaraga panjara qurish haqida o‘ylamoqda
18:57 / 29.09.2024
Rossiyada migratsiya siyosatini kuchaytiradigan beshta qonun loyihasi ko‘rib chiqiladi
13:31 / 29.09.2024
Putin Rossiyaning yadro doktrinasini o‘zgartirmoqchi. Bu amalda nimani anglatadi?
11:54 / 29.09.2024