O‘zbekiston | 12:27 / 22.09.2016
13775
1 daqiqa o‘qiladi
O‘zbekiston va AQSh diniy erkinlik masalalarini muhokama qildi
2016 yilning 21 sentabr kuni BMT Bosh Assambleyasining 71-sessiyasi ishida ishtirok etish uchun Nyu-York shahriga tashrif buyurgan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov diniy erkinlik sohasida AQShning alohida topshiriqlar bo‘yicha Elchisi Devid Sapershteyn bilan uchrashdi. Bu haqda O‘zbekiston TIV saytida xabar berilgan.
Muloqot chog‘ida diniy erkinlikni ta'minlash sohasidagi hamkorlikka doir masalalar yuzasidan fikr almashildi.
Uchrashuvda tomonlar konstruktiv va o‘zaro hamjihatlik ruhida muloqotni davom ettirishga tayyor ekanliklarini ta'kidlagan.
Mavzuga oid
22:37 / 28.09.2024
AQShda «Helen» to‘foni oqibatida 50 dan ortiq kishi halok bo‘ldi
18:53 / 28.09.2024
AQSh Davlat kotibi Markaziy Osiyo davlatlari tashqi ishlar vazirlari bilan uchrashdi
13:13 / 28.09.2024
“Mister va missis Ogorodnikoff”: AQShda ishlagan KGB josuslari qanday fosh qilingandi?
12:55 / 28.09.2024