Qirg‘iziston prezidenti muolaja uchun Moskvaga olib ketildi
19 sentabr kuni yuragida muammo borligi aniqlangan va 1 hafta muddatga ta'tilga chiqib, Turkiyada qolgan Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev davolanish kurslarini Moskvada o‘taydi.
"23 sentabr kuni Atambayev Moskvaga olib borildi va Markaziy klinik shifoxonaga davolanishni davom ettirish uchun joylashtirildi. Mutaxassislar tavsiyasi va Rossiya tomoni taklifiga ko‘ra u muolajani Moskvada davom ettiradi", deyilgan "Interfaks" Qirg‘iziston prezidenti matbuot xizmatiga asoslanib bergan xabarda.
Qirg‘iziston prezidentining sog‘ligidagi muammo 19 sentabr kuni u BMT Bosh Assambleyasining 71-sessiyasida ishtirok etish uchun Nyu-Yorkka yo‘l olganida, Turkiyaning Istanbul shahrida Otaturk xalqaro aeroportida to‘xtaganida aniqlandi. U 19 sentabr kunidan buyon turkiyalik shifokorlar nazoratida edi. Ta'tilga chiqqan prezident sentabr oxiriga qadar vataniga qaytmasligi mumkinligi ma'lum qilingandi.
Mavzuga oid
12:12 / 28.09.2024
Moskvada 72 yoshli amerikalik yollanma faoliyat uchun sudlanmoqda
20:08 / 25.09.2024
Toshkent – Moskva yo‘nalishida yo‘lovchi poyezdlar qatnovi qayta tiklandi
18:35 / 17.09.2024
Moskva oblastida 2025 yildan boshlab migrantlar mehnati cheklanishi mumkin
21:00 / 16.09.2024