Grizmann va Gameyroning gollari “Atletiko”ga g‘alaba keltirdi
Ispaniya chempionatining 7-turida Madridning “Atletiko” jamoasi safarda “Valensiya”ga qarshi to‘p surdi.
Uchrashuvning 44-daqiqasida Antuan Grizmann belgilangan penaltidan gol ura olmadi. Biroq Grizmann 63-daqiqaga kelganda baribir o‘z maqsadiga erishdi va “Valensiya” darvozasini ishg‘ol qildi. 69-daqiqada hakam yana bir marotaba “Valensiya” darvozasi tomon penalti belgiladi. Nuqtaga bu safar Gabi yaqinlashdi hamda uni aniq amalga oshira olmadi. Bu safar ham Diyego Alaves penaltini qaytardi. Shunga qaramay, “Atletiko” uchrashuvdagi ikkinchi golini kiritishga erishdi. Aniqrog‘i, 90+3-daqiqada Kevin Gameyro o‘z nomini tabloga yozdirdi va “matraschilar”ning 2:0 hisobida g‘alaba qozonishiga hissa qo‘shdi.
“Valensiya” – “Atletiko” – 0:2
Gollar: Grizmann 63, Gameyro, 90+3
Noaniq penalti: Grizmann, 44; Gabi, 69.
Ogohlantirishlar: Mangala, 60 – Luis, 28; Grizmann, 58; Mendesh, 82.
Mavzuga oid
14:10 / 03.03.2024
Ispaniyada mojaro, «Liverpul»da aql bovar qilmas yakun. Yevropada kun o‘yinlari
15:34 / 18.02.2024
«Barsa»ni noodatiy penalti qutqardi, Mbappe joker rolida. Yevropada kun o‘yinlari
15:34 / 05.02.2024
«Real»da yo‘qotish, Angliyada chempionlik poygasi qizimoqda. Kun o‘yinlari
15:13 / 19.01.2024