Suriya sayyohlarni Halabga jalb qilish uchun "Taxtlar o‘yini" musiqasidan foydalandi
Suriya Sayyohlik vazirligi o‘zining Facebook'dagi sahifasida dam oluvchilarni mamlakatga jalb qilish maqsadida yangi videoni taqdim qildi. Videorolikka ilova qilingan yozuvda tasvirning Halab shahrida olinganligi ma'lum qilingan. Hukumat harbiylari bu shaharni qisman nazorat qilishadi.
Videoga "Taxtlar o‘yini" seriali musiqasining gitarada ijro etilgan kaver-versiyasi sadolari hamrohlik qiladi. Videorolik 147 ming marta ko‘rilgan va deyarli 1,6 ming marta folloverlar bilan bo‘lishilgan.
Sentyabr oyining boshida Suriya Sayyohlik vazirligi mamlakatga xorijiy sayyohlarni jalb qilish maqsadida video taqdim qilgandi. Mazkur videotasma Tartus port shahrida tasvirga tushirilgan.
Mavzuga oid
16:11 / 09.09.2024
Suriyada Isroil zarbasi oqibatida 14 kishi halok bo‘ldi
21:57 / 07.09.2024
AQSh Iroqdan qo‘shinlarini olib chiqish sanasi ma’lum bo‘ldi - OAV
12:52 / 10.08.2024
Suriyada Eron tomonidan qo‘llab-quvvatlangan guruhlar hujumida 11 kishi halok bo‘ldi
15:07 / 07.08.2024