AQShda «Metyu» to‘foni sababli 1,6 ming aviaparvoz bekor qilindi
AQShning janubiy shtati Floridaga Atlantika okeanida paydo bo‘lgan «Metyu» dovuli yaqinlashib kelayotgani munosabati bilan American Airlines aviakompaniyasi shtat janubidagi barcha reyslarni bekor qilgan. Bu haqda ABC telekanali xabar qilmoqda.
Aniqlik kiritilishicha, kompaniya rahbariyati dovulning yaqinlashib kelayotgani bois e'lon qilingan ogohlantirishga rioya qilgan holda shunday qaror qabul qilgan.
American Airlines kompaniyasining bayonotiga ko‘ra, mahalliy vaqt bilan kunduzgi soat 12:00dan keyingi barcha parvozlar bekor qilinadi. Mayami xalqaro aeroporti, Fort-Loderdeyl — Hollivud va Palm-Bich aeroportlaridagi reyslar shular jumlasidan.
Kompaniya 7 oktabrda parvozlarni qayta boshlashga umid bildirmoqda.
Mavzuga oid
20:34 / 27.09.2024
Zelenskiy Nyu Yorkda Tramp bilan uchrashdi
18:31 / 27.09.2024
“100 mln dollarlik gazning havoga uchishi to‘xtaydi” - AQSh kompaniyasi O‘zbekistonda gaz tarmoqlarini ta’mirlamoqda
14:24 / 27.09.2024
«Qurbonlar ko‘p bo‘lishi mumkin». «Helen» to‘foni Floridaga yopirildi
22:34 / 26.09.2024