"Metyu" dovuli samolyot bortidan videoga olindi
Amerika okean va atmosfera tadqiqotlari milliy boshqarmasi o‘zining Facebook sahifasiga, hozirda Qo‘shma Shtatlarning janubi-sharqiy hududlariga yaqinlashib kelayotgan "Metyu" dovulining videolavhasini joylashtirdi. "Dovullar ovchilari" tabiiy hodisaning ichiga samolyotda kirib, uchuvchi xonasidan uni videoga tushirishga muvaffaq bo‘lishgan.
"Metyu" dovuli so‘nggi yillarda Karib dengizida paydo bo‘lgan eng kuchli tabiiy ofat ekani avval xabar qilingan edi. Xususan, Haitida minglab odamlar boshpanasidan ayrilgan, muhim kommunikatsiyalar tarmog‘i vayron bo‘lgan, elektr ta'minoti uzilgan. Bundan tashqari, 877 nafar inson qurbon bo‘lgani xabar qilinmoqda.
Ayni vaqtda, noqulay ob-havo AQSh janubiy-sharqiy sohillariga yaqinlashayapti. Shu sababli, Florida, Jorjiya shtati, Janubiy va Shimoliy Karolina shtatlarining sohilbo‘yi hududlarida favqulodda holat e'lon qilingan.
Mavzuga oid
20:34
Zelenskiy Nyu Yorkda Tramp bilan uchrashdi
18:31
“100 mln dollarlik gazning havoga uchishi to‘xtaydi” - AQSh kompaniyasi O‘zbekistonda gaz tarmoqlarini ta’mirlamoqda
14:24
«Qurbonlar ko‘p bo‘lishi mumkin». «Helen» to‘foni Floridaga yopirildi
22:34 / 26.09.2024