Jahon | 21:40 / 13.10.2016
20760
2 daqiqa o‘qiladi

Fotoreportaj: Tailandliklar qirolning vafotini og‘ir qabul qilmoqda

Foto: Reuters

Tailand qiroli Pxumipxon Adul'yadet (Rama to‘qqizinchi) bugun, 88 yoshida Bankokdagi Sirirat kasalxonasida olamdan ko‘z yumdi. 

1946 yildan buyon taxtda bo‘lgan qirol dunyodagi eng ko‘p vaqt hukmronlik qilib kelayotgan monarx edi. Shu yilning iyul oyida tailandliklar qirol boshqaruvining 70 yilligini nishonlashgandi.

Uning boshqaruvi davrida Tailandda 20dan ortiq bosh vazir almashdi, 18ta konstitutsiya qabul qilindi, 19 marta davlat to‘ntaruvi bo‘lib o‘tdi.

2015 yil oxirida qirollik saroyi hukmdorning xastaligi haqida ma'lum qilgandi. Shu yil yozida uning sog‘ligi yaxshilanayotgani aytilgandi. Lekin u bugun gemodializ tufayli vafot etgani e'lon qilindi.

Endilikda uning taxtini yagona o‘g‘li Maxa Vachiralongkorn egallaydi.

Marhum nafaqat davlat rahbari, balki o‘z xalqi uchun ko‘p ishlarni amalga oshirgan mehnatsevar-qirol sifatida ham o‘z fuqarolarining cheksiz hurmat va muhabbatiga sazovor bo‘lgandi. Shu tufayli Tailand xalqi u bilan og‘ir vidolashmoqda.

 

 

Mavzuga oid