Antaliyaga dengizdan turib raketa zarbasi berildi
Turkiyaning Antaliya va Kemer shaharlari o‘rtasidagi trassaga raketa zarbasi berildi. Snaryad baliq mahsulotlari bilan savdo qiluvchi do‘konga kelib tushgan. Bu haqda NTV telekanalida xabar berilgan.
Telekanal xabarida jabrlanuvchilar yo‘qligi aytilgan.
CNN Turk telekanali esa portlash oqibatida bir necha kishi jarohatlanganini ma'lum qildi, biroq ularning aniq sonini keltirmadi.
Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, dengiz tomondan 3ta raketa uchib kelgan. Bu vaqtda tanker o‘tayotgan edi.
Hodisa joyiga shoshilinch tartibda politsiya, portlovchi qurilmalar bilan ishlovchi mutaxassislar va tez tibbiy yordam avtomobillari yetib kelgan.
Yeni Safak nashri ham portlashdan jabrlanganlar yo‘qligi haqida yozgan.
Mavzuga oid
09:10 / 24.09.2024
G7 BMTda Kiyevga uzoq masofali raketalarga ruxsat berish masalasini muhokama qiladi
13:25 / 23.09.2024
Eron paradda yangi raketa va dronlarni namoyish qildi
11:10 / 23.09.2024
OSINT-tahlilchi: «Sarmat» qit’alararo ballistik raketasi sinov paytida portlab ketdi
11:20 / 19.09.2024