«Barselona» Messi safga qaytgan o‘yinda yirik hisobda g‘alaba qozondi
Ispaniya chempinatining 8-turi doirasida «Barselona» o‘z maydonida «Deportivo»ni qabul qildi va yirik hisobda g‘alaba qozondi.
Dastlab 21 va 36-daqiqalarida Rafinya raqib darvozasini ikki marta ishg‘ol qilishga muvaffaq bo‘ldi. Tanaffus arafasida Luis Suares hisobni yirik ko‘rinishga keltirdi - 3:0.
56-daqiqada Lionel Messi zaxiradan maydonga tushdi va oradan 2 daqiqa o‘tib, o‘z hisobida gol yozishga muvaffaq bo‘ldi.
O‘yinning 65-daqiqasida «Deportivo» futbolchisi Laure maydondan chetlatilgan bo‘lsada, kataloniyaliklar raqib darvozasiga boshqa gol urishmadi.
«Barselona» ushbu g‘alabadan keyin ochkolarni 16taga yetkazib, hozircha 2-o‘ringa ko‘tarilgan. «Deportivo» esa 8 ochko bilan 15-o‘rinda joylashgan.
Barselona – Deportivo 4:0
Gollar: 1:0 – 21 Rafinya, 2:0 – 36 Rafinya, 3:0 – 43 Suares, 4:0 – 58 Messi.
Barselona – ter Stegen, Pike, Mate, Din, Rakitich, Maskerano, Rafinya (Suares, 68), Buskets (Messi, 55), Turan, Neymar, Suares (Pako Alkaser, 46).
Deportivo – Lyuks, Albentosa, Navarro, Laure, Sidney (Arribas, 29), Moskera, Borxes, Gama (Luizinyu, 63), Gilerme, Cholak (Babel, 56), Andone.
Ogohlantirishlar: Moskera (52), Andone (59), Messi (90).
Chetlatish: Laure (65).
Mavzuga oid
11:33
«Barsa»da ajoyib start va katta muammo: ter Stegensiz qolgan jamoaning ahvoli qanday kechadi?
12:22 / 16.09.2024
«Arsenal» va «Barsa» derbilarda g‘alaba qozondi, Italiyada - tartibsizlik
12:38 / 30.08.2024
«Barsa»dan jiddiy start. Flik chempionlik uchun kurashishini baralla e’lon qildi
18:54 / 09.08.2024