Amerika-Meksika chegarasidagi 3 daqiqalik diydorlashuv (video)
Meksika va Amerika Qo‘shma Shtatlari o‘rtasidagi chegarada yakshanba kunlari bir-biridan ajralgan oila a'zolari 3 daqiqa davomida ko‘rishib, diydorlashishlari mumkin.
Bu ana shunday uchrashuvlarga ruxsat beriladigan yagona joydir. Bir tomondan AQShdan deportatsiya qilingan kishilar turadi, boshqa tomondan esa - AQShdan deportatsiya qilinishdan qo‘rqadiganlar.
"Bu juda ajoyib. Ko‘p yillar davomida ko‘rmagan singlim bilan uchrashish biz uchun eng quvonchli voqea", - deydi ayollardan biri.
AQSh prezidenti Barak Obama 11 million noqonuniy muhojirga nisbatan deportatsiya tahdidini yumshatish va o‘z vatanlaridagi oila a'zolarini ziyorat qilish imkoni paydo bo‘lishi uchun islohotlarni yo‘lga qo‘yishga harakat qildi. Biroq bunday urinishlar boshi berk ko‘chada qolib ketdi, deportatsiyalar soni esa o‘sib ketdi.
"Onalar orzulari" asoschisi ijtimoiy faol Roberto Vivar nafrat va bo‘linish Qo‘shma Shtatlar nufuziga "dog‘" tushirayotganini ta'kidladi.
"Biz o‘zimizdan so‘raymiz: "AQShga nima bo‘ldi? Bunday nafrat, irqchilikni ko‘rib, 1960-yillarga qaytayotganimizga guvoh bo‘lyapmiz. Hozir 2016 yil va biz joyimizdan umuman siljimadik".
Mavzuga oid
20:48 / 26.09.2024
Qozog‘iston va O‘zbekiston davlat chegarasini demarkatsiya qilish to‘g‘risidagi hujjatni BMT Kotibiyatiga topshirdi
14:40 / 16.09.2024
Germaniya chegaralarida umumiy tanlangan nazorat joriy etilyapti
22:31 / 12.09.2024
Vengriya Yevrokomissiyaga qarshi da’vo arizasini kiritishi mumkin
09:40 / 10.09.2024