O‘zbekiston | 12:24 / 09.11.2016
14889
2 daqiqa o‘qiladi

“Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazida direktor o‘rinbosari tayinlandi

O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining sobiq rektori Shuhrat Qayumov “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi direktor o‘rinbosari etib tayinlandi

Aytish kerakki, ushbu markaz Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 16 sentabrdagi qarori asosida tashkil etilgan bo‘lib, jahon tendensiyalari va xorijiy davlatlar tajribasining tahlil va tadqiqoti asosida ishlab chiqilgan “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish va takomillashtirishning strategik yo‘nalishlari negizida bir qator vazifalarni amalga oshirib kelmoqda.

Hozirgi kunda tashkilot my.gov.uz hamda pm.gov.uz tizimlarini ta'minlovchi tayanch muassasa sanaladi.

Eslatib o‘tamiz, Shuhrat Qayumov faoliyati mobaynida  Vazirlar Mahkamasining ta'lim, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy muhofaza masalalari axborot-tahlil departamenti bosh mutaxassisi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Devoni yetakchi konsultanti va Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirining fan bo‘yicha o‘rinbosari lavozimlarida ham ishlab kelgan.

Mavzuga oid