Jahon | 08:15 / 12.11.2016
19369
1 daqiqa o‘qiladi
Tramp saylovlardan keyingi ilk intervyusini berdi
AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp 8 noyabrda bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlaridan keyingi birinchi intervyusini berdi, deb yozmoqda The Wall Street Journal nashri.
Trampning aytishicha, endilikda uning vazifasi, anchagina keskin ruhda bo‘lib o‘tgan saylovoldi kampaniyasi va saylanganidan norozi bo‘lganlarning namoyishlaridan so‘ng, mamlakatni birlashtirishdir.
«Men fuqarolari bir-birini yaxshi ko‘ruvchi mamlakatni ko‘rishni xohlayman», — degan Tramp.
Shu bilan birga, saylovoldi kampaniyasi chog‘ida Tramp o‘z so‘zlarida haddan ortiq qo‘pollashib ketmadimi?, degan savolga yangi prezident: «Yo‘q, men g‘alaba qozondim», - deya javob qaytargan.
Mavzuga oid
22:37 / 28.09.2024
AQShda «Helen» to‘foni oqibatida 50 dan ortiq kishi halok bo‘ldi
18:53 / 28.09.2024
AQSh Davlat kotibi Markaziy Osiyo davlatlari tashqi ishlar vazirlari bilan uchrashdi
13:13 / 28.09.2024
“Mister va missis Ogorodnikoff”: AQShda ishlagan KGB josuslari qanday fosh qilingandi?
12:55 / 28.09.2024