NBC News: Obamaning Moskvani ogohlantirishi prezidentlik saylovida foyda bergan
AQSh prezidenti Barak Obama ma'muriyati «qizil telefon» deb nomlanuvchi Moskva va Vashington o‘rtasidagi telefon aloqasini ta'minlovchi vositadan foydalangan. Bunga Rossiyani Qo‘shma Shtatlardagi prezidentlik sayloviga aralashish oqibatlaridan ogohlantirish maqsadi sabab bo‘lgan, deb xabar qilmoqda NBC News yangiliklar dasturi Amerikaning yuqori lavozimli mulozimiga tayangan holda.
Uning so‘zlariga ko‘ra, shu bilan Amerika hukumati, Obamaning Xitoyda bo‘lib o‘tgan G20 sammiti chog‘ida bergan bayonoti jiddiyligini isbotlamoqchi bo‘lgan. Mulozimning aytishicha, AQSh rahbari oktabr oyidagi o‘sha muloqotida «qurolli to‘qnashuv» so‘zini ishlatgan.
«Qurolli to‘knashuvlarga doir xalqaro huquq me'yorlari kiberkenglikka ham daxldordir. Biz Rossiyaning harakatlarini ushbu standartlardan kelib chiqqan holda baholaymiz», — deyiladi Obamaning 31 oktabrdagi murojaatida.
Telekanalning aniqlik kiritishicha, Oq uy Obamaning Moskva bilan bog‘lanish uchun «qizil telefondan» foydalanganini tasdiqlagan. Bu ish berdimi?, degan savolga javob bergan mulozim, «Natijalarga qarang. Saylov kunida hech narsa ro‘y bermadi. Demak, ish berdi», - deya ta'kidlagan.
NBC telekanaliga ko‘ra, «qizil telefon» deb nomlanuvchi favqulodda aloqa tizimidan 11 sentabr teraktlari yoki AQShning Iroqqa bostirib kirishiga o‘xshash holatlarda foydalaniladi. Telekanalning qo‘shimcha qilishicha, Obama ma'muriyati oktabrga qadar, bu aloqadan foydalanmagan.
Mavzuga oid
00:16
Norvegiya hukumati Rossiya bilan chegaraga panjara qurish haqida o‘ylamoqda
18:57 / 29.09.2024
Rossiyada migratsiya siyosatini kuchaytiradigan beshta qonun loyihasi ko‘rib chiqiladi
13:31 / 29.09.2024
Putin Rossiyaning yadro doktrinasini o‘zgartirmoqchi. Bu amalda nimani anglatadi?
11:54 / 29.09.2024