Isroil BMT rezolyutsiyasini bajarishdan bosh tortdi
Rasmiy Tel-Aviv BMT Xavfsizlik kengashining Isroil bo‘yicha qabul qilgan rezolyutsiyasini bajarmaydi. Mazkur hujjatda Isroil tomonidan Falastin hududlari, xususan, Sharqiy Qudusda barpo etilgan barcha aholi turarjoylarini noqonuniy deb topilgan edi, deb yozmoqda Independent nashri.
«Isroil o‘ziga qarshi sharmandali rezolyutsiyani rad etadi va uning shartlarini bajarmaydi», — deyiladi bosh vazir Binyamin Netanyaxu idorasining rasmiy bayonotida.
Isroil hukumati, shuningdek, AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp bilan ushbu qarorni qayta ko‘rib chiqish maqsadida hamkorlik qilishga umid qilayotganini ma'lum qilgan.
Qayd etish joizki, rasmiy Tel-Avivning iltimoslariga qaramay, AQShning hozirgi ma'muriyati ovoz berish chog‘ida betaraf qolgan va o‘zining veto huquqidan foydalanmagan.
Natijada, BMT XK Misr tomonidan taklif qilingan rezolyutsiyani qabul qilgan. Unga ko‘ra, Isroil Falastin hududlaridagi qurilish ishlarini «zudlik bilan va to‘liq» to‘xtatishga chaqirilgan.
Donald Tramp AQShning ushbu masala bo‘yicha qarashini qoralagan hamda 20 yanvardagi inauguratsiyadan so‘ng, BMTga nisbatan jiddiy o‘zgarishlar bo‘lishiga va'da bergan edi.
Mavzuga oid
17:30
“Ikki standartlilik bo‘lmasligi kerak” – O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri BMTda nutq so‘zladi
16:02
Isroilning asosiy dushmanlaridan biri: Hasan Nasrulloh haqida nimalar ma’lum?
19:19 / 28.09.2024
«Hizbulloh» rahbarini yo‘q qilish bo‘yicha operatsiya tafsilotlari ma’lum bo‘ldi
17:35 / 28.09.2024