Tu-154 samolyotining halokatiga sabab bo‘lgan asosiy ehtimollar ma'lum qilindi
Rossiyaning Federal xavfsizlik xizmati (FXX) Rossiya Mudofaa vazirligining Tu-154 samolyoti qulashiga doir asosiy taxminlarni ma'lum qildi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.
Ma'muriyatga ko‘ra, dvigatelga yot jismlarning tushishi, sifatsiz yoqilg‘i, parvoz jarayonining noto‘g‘ri amalga oshirilgani yoki texnik nosozlik halokatga sabab bo‘lgani ehtimol.
Shu bilan birga, samolyot bortida terakt yoki qo‘poruvchilik alomatlari aniqlanmagan.
«Samolyot bortida terrorchilik yoki qo‘poruvchilik sodir etilganini isbotlovchi dalillar mavjud emas», — deyiladi ma'muriyat bayonotida.
Eslatib o‘tamiz, 25 dekabr kuni tongda Sochidan Xmeymim aviabazasiga parvoz qilayotgan Tu-154 samolyoti radar ekranlaridan yo‘qolgan edi.
Keyinroq, Rossiya mudofaa vazirligi, o‘ziga tegishli samolyot qoldiqlari Sochi sohilidan 1,5 km uzoqlikda dengiz yuzasida topilganini ma'lum qilgan edi. Uning bortida jami 92 kishi bo‘lgan, ularning hech biri tirik qolmagan.
Mavzuga oid
13:31
Putin Rossiyaning yadro doktrinasini o‘zgartirmoqchi. Bu amalda nimani anglatadi?
11:54
Sobiq sovet davlatlari tarix darsliklarida Rossiya salbiy obrazda tasvirlanayotganidan shikoyat qilindi
22:10 / 28.09.2024
Ukraina razvedkasi Moskva viloyatida Rossiya armiyasi polkovnigi o‘ldirilganini ma’lum qildi
20:45 / 28.09.2024