Qozog‘iston elchixonasi buxgalteri yirik miqdordagi pulni o‘g‘irlashda gumon qilinmoqda
Korrupsiyaga qarshi kurash milliy byurosi tomonidan Qozog‘iston respublikasining Belarus respublikasidagi katta buxgalteri Seydualiyev A. qo‘lga olingan. Bu haqda ma'muriyat matbuot xizmatiga asoslangan holda Nur.kz sayti xabar qilmoqda.
Aniqlanishicha, Seydualiyev 2012-2015 yillar mobaynida qalbaki kassa xarajatlari orderlarini tuzish yo‘li bilan 207 ming AQSh dollari miqdoridagi byudjyet mablag‘larini o‘zlashtirgan. Hujjatlarda elchixona binosi qurilishi uchun bosh pudratchi «Aktivbiznesplyus» MChJga pul o‘tkazilgani qayd etilgan, deyiladi xabarda.
Bundan tashqari, ushbu davrda Seydualiyev elchixonaga Belarus Respublikasi soliq idoralari tomonidan qaytarilgan 474 ming 883 dollar miqdoridagi qo‘shimcha qiymat soliqlarini ham o‘margan.
Shu bilan jami noqonuniy o‘zlashtirilgan mablag‘ 681 883 AQSh dollarini tashkil etadi.
Tergov jarayoni davom etmoqda.
Mavzuga oid
14:00
O‘zbekiston va Qozog‘iston chegarasini demarkatsiya qilish shartnomasi BMTga topshirildi
19:18 / 25.09.2024
Qozog‘istonda O‘zbekistondan keltirilgan 2,5 tonna shaftolida zararkunanda aniqlandi
22:59 / 24.09.2024
Mang‘istov-Nukus yo‘nalishida harakatlanayotgan poyezdda yong‘in yuz berdi
21:24 / 24.09.2024