Qirg‘izistondagi maktablar 5 kunlikka o‘tmoqda
Qirg‘izistondagi maktablar 2016-2017 o‘quv yilining ikkinchi yarmidan 5 kunlik ta'lim tizimiga o‘tmoqda. Bu haqida Qirg‘iziston Respublikasi Ta'lim vazirligining matbuot xizmati «24.kg» nashriga xabar berdi.
“II yarim yillikdan respublikaning barcha tur va shakldagi umumta'lim maktablarining 1-11- sinflarida ta'lim oluvchilari uchun - besh kunlik o‘quv haftasi, haftalik o‘quv yuklamasi 30 soatdan oshgan taqdirda – olti kunlik o‘quv haftasi belgilansin”, - deyiladi idora hujjatida.
Bugungi kunda Davlat ta'lim standarti tomonidan tasdiqlangan o‘quv yuklamasi quyidagicha: 1-5-sinflar – 20 soatdan 30 soatgacha, 6-11-sinflar – 30-33 soat. Shunga muvofiq, o‘quv haftasining oltinchi kuniga maktab qo‘uvchilarining ota-onalari bilan kelishgan holda qo‘shimcha ta'lim xizmatlarini ko‘chirish tavsiya qilinadi.
Qirg‘iziston bosh vaziri 2016 yilning noyabrida hukumatning ushbu qarorini imzolagan. Ta'lim vazirligi shunga muvofiq buyruq tayyorlab, bu borada ota-onalarni xabardor qilishi kerak bo‘lgan.
Mavzuga oid
18:48 / 28.09.2024
Xitoydan Qirg‘iziston orqali o‘tadigan temir yo‘lning O‘zbekistondagi qismi qachon qurilishi ma’lum bo‘ldi
20:44 / 26.09.2024
Sadir Japarov Asqar Akayevning Qirg‘iziston prezidenti lavozimida qilgan uchta asosiy xatosini aytdi
09:55 / 25.09.2024
Saidikrom Niyozxo‘jayev O‘zbekistonning Qirg‘izistondagi elchisi etib tayinlandi
20:32 / 24.09.2024