Janubiy Koreya sobiq prezidentining akasi 15 oyga qamaldi
Janubiy Koreya sobiq prezidenti Li Myon Bakning akasi – Li San Dik korrupsiya bilan bog‘liq ish bo‘yicha 15 oyga qamaldi. U noqonuniy harakatlarini mamlakatdagi eng yirik po‘lat kompaniyalaridan biri - POSCO ishtirokida amalga oshirgan. Bu haqda Yonhap agentligi xabar berdi.
Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, Seul okrug sudi Li San Dikni darhol qamoqqa olmagan. Bu uning keksa yoshda ekani va sog‘lig‘i bilan bog‘liq. Sobiq prezidentning akasiga qarshi ayblovlar 2015 yilning oxirida qo‘yilgandi. Ularda keltirilishicha, Li San Dik o‘ziga tegishli bo‘lgan uchta kompaniyaga POSCO’dan moliyaviy kafolat olishga yordam bergan.
Shu bilan bir qatorda, po‘lat kompaniyasining sobiq rahbari Chon Suv Yanga nisbatan poraxo‘rlik bilan bog‘liq bo‘lgan ayblovlar dalillarning yetishmasligi tufayli bekor qilindi.
Ma'lumot uchun, Janubiy Koreyaning sobiq prezidenti Li Myon Bak hukumatni 2008-2013 yillarda boshqargan.
Mavzuga oid
14:20
Janubiy Koreyada itlarni go‘shti uchun boqishdan bosh tortgan fermerlarga pul to‘lanadi
21:57 / 26.09.2024
Samsung xodimlari radiatsiyaga uchragani tufayli kompaniya jarimaga tortildi
17:21 / 14.09.2024
O‘zbekistonlik harbiylar Janubiy Koreyada o‘tkazilgan xalqaro musobaqada 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi
19:53 / 10.09.2024