Ispaniya kubogi. "Barselona" safarda "Atletiko"ni mag‘lub etdi
Ispaniya kubogi yarim finalining birinchi o‘yinida "Atletiko Madrid" o‘z uyida "Barselona"dan mag‘lub bo‘ldi. Uchrashuv 1:2 hisobida kataloniyaliklar foydasiga hal bo‘ldi.
Birinchi bo‘limda Luis Suares hamda Lionel Messi 1tadan gol kiritdi. Ikkinchi bo‘limda mezbonlar hujumchisi Grizmann kiritgan gol evaziga oradagi farqni qisqartira olishdi.
Atletiko – Barselona 1:2 (0:2, 1:0)
Gollar: 0:1 – 7 Suares, 0:2 – 33 Messi, 1:2 – 59 Grizmann.
Atletiko – Moyya, Godin, Savich, Filipe Luis, Xuanfran, Ferreyra Karrasko (Gameyro, 70), Gabi, Koke, Saul (Gaytan, 59), Grizmann, Vrsalko (Torres, 46).
Barselona – Sillessen, Umtiti, Pike, Alba, Maskerano, Rakitich (Denis Suares, 58), Serji Roberto, Andre Gomesh (Rafinya, 72), Neymar, Messi, Suares.
Ogohlantirishlar: Saul (31), Savich (39), Neymar (64), Grizmann (75), Gabi (84), Messi (90), Maskerano (90), Xuanfran (90).
Mavzuga oid
12:13
«Palmer»da poker, «Barsa» 4 ta gol o‘tkazdi. Yevropada kun o‘yinlari
11:33 / 27.09.2024
«Barsa»da ajoyib start va katta muammo: ter Stegensiz qolgan jamoaning ahvoli qanday kechadi?
12:22 / 16.09.2024
«Arsenal» va «Barsa» derbilarda g‘alaba qozondi, Italiyada - tartibsizlik
12:38 / 30.08.2024