OAV: Eron AQShga qarshi javob sanksiyalar kiritmoqchi
Eron Vashington tomonidan sanksiyalar kengaytirilishini noqonuniy deb atadi va AQShning ba'zi fuqarolari va tashkilotlariga qarshi javob sanksiyalari kiritishga va'da berdi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda.
Eron tashqi ishlar vazirligida Amerikaning yangi sanksiyalari Tehron bilan yadroviy kelishuv bo‘yicha Vashington o‘z zimmasiga olgan majburiyatlar va BMT rezolyutsiyasiga mos kelmasligi aytildi.
"AQShning sanksiyalariga javoban Eron hududiy terrorchilik tashkilotlariga yordam berayotgan va ularni moliyalashtirayotgan AQShning ba'zi yuridik va jismoniy shaxslariga sanksiyalar kiritadi", deyilgan Eron tashqi ishlar vazirligi bergan bayonotda.
Avvalroq AQSh prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Maykl Flinn Vashington Tehronning AQSh manfaatlariga putur yetkazuvchi harakatlariga boshqa chidab turmasligini aytgandi.
Mavzuga oid
22:37 / 28.09.2024
AQShda «Helen» to‘foni oqibatida 50 dan ortiq kishi halok bo‘ldi
20:12 / 28.09.2024
Eron oliy rahnamosi «Hizbulloh» rahbari o‘ldirilganidan keyin xavfsiz joyga ko‘chirildi
18:53 / 28.09.2024
AQSh Davlat kotibi Markaziy Osiyo davlatlari tashqi ishlar vazirlari bilan uchrashdi
13:13 / 28.09.2024