Mehribon Aliyeva vitse-prezident lavozimida qanday vazifalarni bajarishini ma'lum qildi
21 fevralda Ozarboyjonning birinchi vitse-prezidenti etib tayinlangan Mehribon Aliyeva o‘z lavozimida ijtimoiy muammolarni hal qilish bilan shug‘ullanmoqchi. Bu haqda Aliyevaning o‘zi "Vesti nedeli" ko‘rsatuvida ma'lum qildi.
"Men e'tiborimni ijtimoiy masalalar, aholining kam ta'minlangan qatlamlari muammolarini hal qilishga qaratmoqchiman", deb aytgan Aliyeva. Uning aytishicha, uni vitse-prezident etib tayinlash uning turmush o‘rtog‘i, Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyevning shaxsiy istagi bo‘lgan. "Albatta, bunda men uzoq yillardan beri nafaqat prezidentning rafiqasi, balki safdoshi bo‘lib kelayotganim ham o‘z so‘zini aytgan bo‘lsa kerak", deb ta'kidlab o‘tdi Aliyeva.
Uning aytishicha, u bu lavozimga rozi bo‘lishdan avval uni prezident bilan muhokama qilgan.
Aliyevaning aytishicha, "eng asosiysi va eng yomoni – bag‘ritoshlik va loqaydlikdir". "Bu bo‘lmasligi kerak. Sen jamoat arbobi bo‘lasanmi yoki davlat xizmatida ishlaysanmi, ahamiyatsiz. Har doim insoniylikni saqlab qolish kerak", deb aytib o‘tdi Aliyeva.
Ozarboyjonda birinchi vitse-prezident va vitse-prezidentlar lavozimlari 2016 yil 26 sentabrda o‘tgan referendum natijalariga ko‘ra konstitutsiyaga kiritildi. Bu tuzatishga ko‘ra, agar prezident o‘z vazifalarini bajara olmasa yoki o‘z vakolatlarini muddatdan avval topshirsa, bu vakolatlar birinchi vitse-prezidentga o‘tadi.
Mavzuga oid
09:50 / 20.09.2024
Toshkentda O‘zbekiston-Ozarboyjon maslahatlashuvlari bo‘lib o‘tdi
22:04 / 03.09.2024
Ozarboyjon va O‘zbekiston parom ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadi
07:42 / 02.09.2024
Ozarboyjondagi parlament saylovlarida Aliyevning partiyasi g‘alaba qozondi
18:55 / 30.08.2024