Venesuela prezidenti valyuta ayirboshlashning yangi tizimi kiritilishini e'lon qildi
Venesuela prezidenti Nikolas Maduro 27 mart kuni keyingi haftadan mamlakatda valyuta ayirboshlashning yangi tizimi kiritilishini e'lon qildi. Bu tizim Venesuela pul birligi – bolivarni konvertatsiya qilishga imkon beradi.
Venesuelada bolivarning dollarga nisbatan bir nechta kursi amal qiladi: bir dollar rasmiy fiksirlangan kurs DIPRO bo‘yicha 10 bolivarni, DICOM tizimi bo‘yicha 706 bolivarni, "qora bozor"da esa 3 ming bolivarni tashkil qiladi.
"Valyuta sotish bo‘yicha auksionlar har hafta ikki martadan o‘tkaziladi va men xususiy biznesdan bunda yordam berishni, bu yerga o‘z kapitalini olib kelib, investitsiyalashni so‘rayman. Bu bolivarni konvertatsiyalanuvchi qiladi", deb aytdi Maduro Expo Venezuela Potencia ko‘rgazmasi yopilishida.
Uning aytishicha, yangi tizimdan barcha korxonalar va fuqarolar foydalana oladilar. "Bu valyutamiz qiymatini barqarorlashtirishga, Mayamidan jinoiy dollar tizimini yengishga imkon beradi, bu mamlakat rivojlanishi uchun konvertatsiyalanuvchi valyutaga yo‘l ochadi", deb aytgan Maduro.
Mavzuga oid
23:16 / 19.09.2024
Yevroparlament Maduroni hibsga olish uchun order berilishini talab qildi
19:59 / 15.09.2024
Venesuela AQShni mamlakatda davlat to‘ntarishiga tayyorgarlik ko‘rayotganlikda aybladi
14:00 / 09.09.2024
YeI Venesuelada muxolifatni ta’qib qilishni to‘xtatishga chaqirdi
18:15 / 08.09.2024