Video: AQShda haydovchining e'tiborsizligi qimmatga tushdi
Kaliforniyada yuk mashinasi haydovchisining e'tiborsizligi tufayli "Nissan Maksima" rusumli yengil avtomashinani ildirib, uni avtomagistral uzra tortib harakatlandi. Yuk mashinasi haydovchisining aytishicha, u buni bilmagan. Voqeani yuk mashinasi yonida ketayotgan boshqa bir avtomobil haydovchisi tasvirga olgan.
"Ular mashinani tortib ketmoqda. Ular nima bo‘layotganini tushunishmayapti", — deya izohlagan voqeaga shohid bo‘lgan Brayan Steymke.
U sudralib ketayotgan mashinaga yetib olganida, undagi haydovchi yuk mashinasi to‘xtamayotganini aytgan. Biroz vaqtdan so‘ng, yuk mashinasi haydovchisining e'tiborini jalb qilishning uddasidan chiqildi.
"Bu bola seni mashinanga ilinib qolgandi", — degan Steymke yuk mashinasi haydovchisiga. U bunga javoban bundan xabardor emasligini aytgan.
Politsiya ma'lumotlariga ko‘ra, sabzi olib ketayotgan yuk mashinasi boshqa mashinani quvib o‘tayotgan vaqtda yengil mashinani ildirib olgan. "Nissan" haydovchisi yengil jarohat olgan, biroq tibbiy yordamga murojaat qilmagan.
Mavzuga oid
22:37 / 28.09.2024
AQShda «Helen» to‘foni oqibatida 50 dan ortiq kishi halok bo‘ldi
18:53 / 28.09.2024
AQSh Davlat kotibi Markaziy Osiyo davlatlari tashqi ishlar vazirlari bilan uchrashdi
13:13 / 28.09.2024
“Mister va missis Ogorodnikoff”: AQShda ishlagan KGB josuslari qanday fosh qilingandi?
12:55 / 28.09.2024