Huquq-tartibot xodimi avtomaktab o‘quvchisidan haydovchilik guvohnomasini talab qildi (video)
Qozog‘istonda avtomaktab kursantidan haydovchilik guvohnomasini talab qilgan politsiyachi ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining keskin noroziligiga sabab bo‘ldi. Video Instagram’dagi zhest_kz guruhida e'lon qilindi.
Videoyozuvda haydovchilik kursi bo‘yicha inspektorning yo‘l-patrul xizmati xodimi bilan muloqotini ko‘rish mumkin, unda xodim avtomaktab o‘quvchisidan haydovchilik guvohnomasini talab qilgan.
“Inspektor o‘quv mashinasida haydovchilik guvohnomasini olish uchun ta'lim olayotgan qizdan haydovchi guvohnomasini talab qilmoqda”, - deyiladi videoga qoldirilgan izohda. Bu videoni avtomaktab instruktori o‘z mobil telefoniga olgan.
Politsiyachi esa videos'yomkadan g‘azabga tushdi va mobil telefoni hujjatlarini ham talab qildi, sababi uning fikricha, qurilma o‘g‘irlangan bo‘lishi mumkin ekan.
Mavzuga oid
17:55 / 28.09.2024
“To‘lovlar bir xil bo‘lgach, sharoit ham bir xil bo‘lishi kerak emasmi?” – Namanganda haydovchilar “MRO” ahvolidan norozi
22:16 / 27.09.2024
To‘qayev korteji marshrutidan o‘q otish qurollari topildi
20:17 / 27.09.2024
Qozog‘istonda o‘zining ichki organlarini qariyb 19 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
14:00 / 27.09.2024