Jamiyat | 00:08 / 04.06.2017
72056
2 daqiqa o‘qiladi

Eng uzoq ro‘za tutilayotgan davlatlar ma'lum qilindi

Foto: Sabah

Britaniyaning The Independent gazetasi eng qiyin vaziyatda ro‘za tutayotgan mamlakatlar haqida ma'lumot berdi. Nashrning qayd etishicha, ayni paytda butun dunyo aholisining 22 foizi, ya'ni 1,6 milliard odam ro‘zador. Bu haqda muxlis.uz yozmoqda

Yoz mavsumida Laplandiya, Finlandiya va Shvetsiyada doimiy quyosh charaqlab turishi kuzatiladi va bir necha soatga botadi xolos. Finlandiyaliklar ayni kez quyosh bor yo‘g‘i 55 daqiqa botishini ma'lum qilgan. 

“Biz og‘izni 1:35 da yopib, kechki 12.48 da ochamiz. Demak, biz 23 soatu 5 daqiqa ro‘za tutayapmiz. Bangladeshdagi oila a'zolarimiz va do‘stlarimiz 20 soatdan ko‘proq ro‘za tutayotganimizga ishonishmayapti”, deyishdi Muhammadlar oilasi. 

Shimoliy mamlakatlar musulmonlari 20 soat ro‘za tutmoqdalar. Ular bunga ko‘nikib qolganlarini ham ta'kidlashdi. 

Laplandiyalik musulmonlar esa ro‘za vaqtini nisbatan yaqin Turkiyaga qarab belgilashgan.

Mavzuga oid